So’nggi yangiliklar

10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  0 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  0 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  5 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  3 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  3 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  9 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2 04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   15 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  2 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  20 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  5 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  3

Oliy liga. 4-tur. Mashal, Nasaf va Paxtakorda g'alabalar Yangiliklar

Oliy liga. 4-tur. Mashal, Nasaf va Paxtakorda g'alabalar

Bugun oliy liganing 4-turidan o'rin olgan 3ta o'yin bo'lib o'tdi.

Muborakdagi o'yinda birinchi xavfli hujum mehmonlar tomonidan amalga oshirildi. Murzoevning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon qaytardi.

13-daqiqada "Mashal"ning ketma-ket ikki hujumi samarasiz yakunlandi. To'raevning zarbasi himoyachi qo'liga tegdi lekin hakam masofa yaqin deb topdi. 15-daqiqada hisob ochildi. Jahongir Jiyamurodovning oshirib bergan to'pini 20 metr masofadan Jamshid Hasanov kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol etdi. 22-daqiqada Nemanya Yovanovich Sanjar Quvvatovga nisbatan qo'pollik qilgani uchun ogohlantirildi.

28-daqiqada Humoyun Murtozaevning zarbasini Xonimqulov qiyinchilik bilan darvoza chizig'idan olib chiqdi. 35-daqiqada Zafar To'raev birga-bir chiqib borayotganda Inomov qo'pollik bilan to'xtatib qoldi va ogohlantirildi.

55-daqiqada Zohir Qo'ziboevning zarbasidan so'ng Xonimqulov to'pni qaytardi. 62-daqiqada Islom Inomov o'z jarima maydoni ichida Siroj Hamroevni yiqitgani uchun penalti belgilandi. Nuqtadan Zafar To'raev adashmadi va gol urdi - 2:0.

65-daqiqada hisob qisqardi. Arslonmurod Amanovning oshirib bergan to'pini Adrian Kashkaval darvozaga yo'lladi - 2:1.

77-daqiqada Humoyun Murtazoev tezligi evaziga birga-bir vaziyatga chiqib borib biroz noaniq zarba berdi.

83-daqiqada mezbonlar yana gol urishdi. Siroj Hamroevni himoyadan oshirib bergan to'piga hujumda birinchi bo'lib Qo'ziboev etib bordi va himoyachini aldab to'pni darvozaga aniq yo'lladi - 3:1.

Uchrashuv mana shu hisob bilan yakunlandi.


Mashal (Muborak) – Olmaliq (Olmaliq) 3:1
12 aprel 2015. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:00
Hakamlar
: V.Kovalenko, A.Marajabov, Z.Abdurahmonov, D.Muxtorov
Nazoratchi: I.Mustafin.

Gollar:
Jamshid Hasanov 15, - 1:0 (Jahongir Jiyamurodov).
Zafar To'raev 64 penalti, - 2:0 (Siroj Hamroev).
Adrian Kashkaval 65, - 2:1 (Arsanmurad Amanov)
Zohir Qo'ziboev 83, - 3:1 (Siroj Hamroev).

"Mashal": 1.Sanjar Quvvatov, 5,G'iyosjon Komilov, 9.Humoyun Murtozaev, 20.SHerzod Fayziev, 10.Jamshid Xasanov (13.SHahzod SHaymanov, 75), 88.Qahramon Bahodirov (27.Vladislav Ivanov, 58), 7.Jahongir Jiyamurodov, 22.Siroj Hamroev, 90.Zafar To'raev (77.Doston Abdurahmonov, 89), 55.Nikita Bukatkin, 26.Zohir Qo'ziboev (c).
Zaxira: 30.Botir Nosirov, 70.SHohruh Dostonov, 16.Xolmurod Xolmurodov, 8.Abbos Omonov.

"Olmaliq": 16.Umid Honimqulov, 7.G'ulom O'runov (9.Islom Isoqjonov, 64), 8.Saxob Jo'raev, 10.SHavkat Salomov, 17.Kamoliddin Murzoev, 19.Islom Inomov (c), 21.Salamat Qutiboev, 55.Adrian Kashkaval, 70.Arslonmurod Amanov (3.Azamat Isroilov, 84), 77.Jahongir Abdumo'minov, 84.Nemanya Yovanovich (27.Nikita Pavlenko , 46).
Zaxira: 1.Temur G'aniev, 35.Nikita SHkvirin, 4.Abduqahhor Xojiakbarov, 11.Zohir Pirimov.

Ogohlantirishlar:
Nemanya Yovanovich 22, Islom Inomov 35, Jahongir Jimurodov 48, Qahramon Bahodirov 53

----------

Navoiydagi bahs start oldi. O'yin mezbonlarning keskin hujumlari bilan boshlandi. Vyacheslav SHevchenko boshlab bergan hujumni mehmonlar katta qiyinchilik bilan bartaraf etdilar. 8-daqiqada Sergeev burchak zarbasidan keyin to'pni chalqanchasiga tepdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi. 12-daqiqada Derkachning jarima zarbasidan so'ng bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi. 14-daqiqada Akmal Rustamovning 30 metrlar uzoqlikdan yo'llagan jariba zarbasini Lobanov ushlab oldi.

21-daqiqada Karimovning zarbasidan keyin to'p to'singa tegib qaytdi, Iskanderov takroran bergan zarbani himoyachi qaytarib qoldi. 32-daqiqada Akmal Rustamovning amalga oshirgan jarima zarbasiga Kvesieshvili muvaffaqiyatli nuqta qo'ya olmadi. 36-daqiqada Andreevning to'p oshirishidan keyin Iskanderov himoyachini aldab o'tdi va darvozaga zarba berdi, biroq to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

51-daqiqada Iskanderovning 28 metrlardan bergan zarbasi noaniq chiqdi.

60-daqiqada Krimec to'pni Sergeevga oshirdi, Igor gol urdi. Ammo hakam negadir golni inobatga olmay penalti belgiladi. 61-daqiqada Andreev penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi - 0:1

88-daqiqada Farrux Haydarovning darvozadan 20 metrlar chamasi uzoqlikdan yo'llagan kuchli zarbasini Lobanov katta qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

90+5-daqiqada hisob o'zgardi. Qarshi hujumda 6 nafar futbolchi "Qizilqum" himoyachisi va darvozaboni bilan yolg'iz qoldi va Merzlyakov gol urdi. Bu vaziyatda to'pni unga Kozak oshirib berdi - 0:2.

So'nggi daqiqada Navro'zbek Alimov hakam tomonidan ikkinchi bor ogohlantirildi va maydondan chetlatildi.

Uchrashuv 0:2 hisobida o'z yakuniga etdi.

Qizilqum (Navoiy) – Paxtakor (Toshkent) 0:2
12 aprel 2015. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 17:30
Hakamlar:
A.Asimov, M.Saidqosimov (Toshkent), A.Snetkov, D.Jalimov.
Nazoratchi: G'.Karimov (Toshkent).

Gollar:
Stanislav Andreev 61 penalti, - 0:1 (Egor Krimec).
Aleksandr Merzlyakov 90+5, - 0:2 (Vladimir Kozak).

"Qizilqum": 1. Erkin Jabborov, 8. Akmal Rustamov (6. Farruh Haydarov, 70), 9. Vyacheslav SHevchenko, 10. Bahriddin Vahobov (26. Alisher Xoliqov, 82), 11. Alisher Sanoev, 20. G'ayrat Jumaev (14. Fayzulla Qambarov, 54), 21. Mirjalol Qurbonov, 23. SHerali Jo'raev, 33. Andrey Derkach, 50. Georgiy Kvesieshvili, 92. Azizbek Usmonov.
Zaxira: 22. Artyom Makosin, 17. Feruz Boboqulov, 19. Ruslan Sanaev, 24. Asqarjon Muhiddinov.

"Paxtakor": 12. Aleksandr Lobanov, 2. Egor Krimec, 4. Adnan Oroxovac, 8. SHerzodbek Karimov (9. Jaloliddin Masharipov, 59), 10. Jamshid Iskanderov (16. Navro'zbek Alimov, 80), 11. Igor Sergeev, 15. Javohir Sohibov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 24. Davronbek Hoshimov, 28. Stanislav Andreev, 29. Vladimir Kozak.
Zaxira: 1. Nikita Ribkin, 5. Akbarjon Ismatullaev, 13. Iskandar SHayqulov, 18. Bahodir Pardaev, 20. Anvar Soliev.

Ogohlantirishlar: Erkin Jabborov 60, Mirjalol Qurbonov 87, Navro'zbek Alimov 88, Azizbek Usmonov 90+3.

CHetlatish: Navro'zbek Alimov 90+6.


----------


Uchrashuv boshlandi. 15-daqiqada Suhrob Nematovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi biroz noaniq chiqdi. 24-daqiqada Abibullaevning zarbasi darvozaga etib bormadi. 29-daqiqada Yusupov burchak to'pini amalga oshirdi, mezbonlar himoyachilari to'pni qaytarishdi. 33-daqiqada Artur Gevorkyan chap qanotdan jarima  maydonchasiga yorib kirib, zarba berdi. Turdaliev mahorat ko'rsatib, to'pni bartaraf etdi.

47-daqiqada hisob ochildi Ilhom SHomurodov Artur Gevorkyan uzatib bergan to'pni qiyinchiliksiz darvozaga yo'lladi - 0:1. 

49-daqiqada Zayniddin Tojievning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Eldorbek Suyunov bartaraf etdi. 52-daqiqada CHap qanotdan jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pni Evgeniy Kochnev boshi bilan darvozaga yo'llashga urindi. Noaniq.

59-daqiqada Artur Gevorkyan chamasi 30 metrlar masofadan to'pni darvozabon ustidan tashlashga urinib ko'rdi. Zarba biroz noaniq chiqdi.

61-daqiqada "Nasaf" jarima maydonchasiga havolatib uzatilgan to'pni Zayniddin Tojiev boshi bilan darvozaga yo'llashga urindi. Noaniq.

84-daqiqada Artur Gevorkyan chap qanotdan jarima maydonchasiga katta tezlikda kirib bordi va to'pni uzoq burchakka yo'lladi - 0:2.

O'yin mana shu hisob bilan tugadi.

Buxoro (Buxoro) – Nasaf (Qarshi) 0:2
12 aprel 2015. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 17:30
Hakamlar:
V.Serazetdinov, R.Nugmanov, D.Saylalov, A.SHukurullaev.
Nazoratchi: A.Xotamov.

Gollar:
Ilhom SHomurodov 47, - 0:1 (Artur Gevorkyan).
Artur Gevorkyan 84, - 0:2.

"Buxoro": 21.Farrux Turdaliev, 3.Saidkomil Akbarov, 4.Hasan Asqarov, 5.Vadim Kravchesku, 5.Evgeniy Kochnev (15.Jamshid Hasanov, 55), 7.Suxrob Nematov (11.Otabek Isroilov, 72), 8.Vitaliy Plamadela, 10.Zayniddin Tojiev, 18.Dilyaver Abibullaev, 23.Bogdan Xaushi, 30.Axror Umarjonov (77.Alibobo Rahmatullaev, 62).
Zaxira: 12.Aleksandr Korneychuk, 14.Vyacheslav Ponamaryov, 17.Otabek Narzullaev, 19.Jamoliddin Ubaydullaev.

"Nasaf": 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 9.Ilhom SHomurodov (38.Doniyor Narzullaev, 90), 15.Roy Rok, 16.Alisher Yusupov, 17.Artur Gevorkyan, 20.Erkin Boydullaev, 22.SHohruh Gadoev (7.Akram Baxritdinov, 67), 27.Ilhom Yunusov (33.Odiljon Hamrobekov, 77), 32.Hamza Karimov, 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 30.O'tkir Yusupov, 5.Botir Qoraev, 6.Azizjon G'aniev, 23.SHerzod Azamov.

Ogohlantirishlar: SHohruh Gadoev 5, Bogdan Xaushi 24, Evgeniy Kochnev 45, Suxrob Nematov 64, Ilhom Yunusov 74, Hasan Asqarov 81, Ilhom SHomurodov 86.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика