So’nggi yangiliklar

07:54"Барселона" клуби яна бир афсонаси билан хайрлашганини эълон қилди  0 07:26Суперлига. Бугун Олмалиқда яна бир супер ўйин бор  3 01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  2 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  0 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  7 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  1 00:21Григорий Колосовский: "Натижа адолатли бўлди"  0 00:04Илёс Зейтуллаев: "Бугунги уч очконинг қиймати олтинга тенг эди. Биз ҳафа қилган "болбой" йигитчага дастхатлар туширилган футболка совға қиламиз"  5 23:52Альварес Мадридга учиб келди ва эртага тиббий кўрикдан ўтади. Форвард "Сити"дан "Атлетико"га 75+20 млн евро эвазига ўтади  3 23:30Аброр Имомхўжаев "Пахтакор-79" авиаҳалокатини ёдга олди  0 23:11Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" илк турда ўз майдонида "Трабзонспор" билан дуранг ўйнади  2 23:03МЮ ва Бруну бир йилга узайтириш банди билан 2027 йилга қадар шартнома бўйича келишувга эришишди  2 22:31Педру Нету 60+3 млн евро эвазига "Вулверхэмптон"дан "Челси"га ўтди  2 22:15Суперлига. "Бунёдкор" - "Андижон" 2:0  4 21:59Суперлига. "Бунёдкор" мавсумдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" билан ўйинда қайд этди  64

Oliy liga-2014da eng ko'p muxlis yiqqan 10 uchrashuv Yangiliklar

Oliy liga-2014da eng ko'p muxlis yiqqan 10 uchrashuv

Joriy mavsum yakunlangach, mavsumni sarhisoblari elon qilib boriladi.
Xususan, Erudit Sport gazetasi yakunlangan mavsumda eng ko'p muxlis yiqqan 10 uchrashuvini elon qildi. Biz uchun etiborlisi, stadionlarda eng ko'p tomoshabin yig'ilgan o'yinlar orasida uchta qarama-qarshilik aynan Dinamo jamoasi ishtirokida o'tdi. Bu borada albatta, biz samarqandlik futbol ishqibozlarimiz bilan faxrlanamiz.

1-tur: ANDIJON - PAXTAKOR - 0:1

Andijon, 18221 tomoshabin


CHempionatning dastlabki uchrashuvida “Andijon” o'z maydonida “Paxtakor”ni qabul qilgandi. Ushbu uchrashuvni “Sog'lom avlod” stadionida 18221 nafar muxlis kuzatgani etiborga molikdir. Buning sababi shundaki, andijonliklar o'tgan mavsumni birinchi ligada o'tkazgani bois, uning ishqibozlari Oliy Liga havosini sog'inib qolishgandi. Qolaversa, birinchi turdayoq “Paxtakor”ning raqib bo'lgani ham qiziqishni yanada oshirib yuborgandi. O'shanda stadionda birorta ham bo'sh joy qolmaganligini yaxshi eslaymiz. Buni qarangki, birinchi turdagi ushbu uchrashuv joriy mavsumda eng ko'p tomoshabin yiqqan o'yin bo'lib qoldi.

8-tur: NASAF - BUNYODKOR - 2:0

Qarshi, 15889 tomoshabin


“Bunyodkor” jamoasining Qarshiga tashrif buyurishini ham mahalliy muxlislar katta qiziqish bilan qarshi olishgan. Bunga javoban “Nasaf” o'z muxlislarini “Andijon” kabi ranjitib qo'ygani yo'q. Ular ishonchli tarzda g'alaba qozonib, qashqadaryoliklarni quvontirgandi.

12-tur: NAVBAHOR - OLMALIQ - 3:1

Namangan, 15850 tomoshabin


Namanganda “Olmaliq” bilan bo'lib o'tgan o'yinga nima sababdan salkam 16 mingga yaqin muxlis kelgan ekan, deb o'ylayotgandirsiz-a? Gap shundaki, o'shanda “Navbahor” markaziy stadionida dastlabki o'yin o'tkazilgandi. SHu bois mahalliy aholiga bayram ulashish maqsadida uchrashuvdan avval koncert dasturi uyushtirilgan. SHuning uchun tomoshabinlarning soni oshib ketgandi. Albatta, ularning orasida ayollar ham ko'pchilikni tashkil qilgan. “Navbahor” esa xalqining bayramona kayfiyatiga o'z g'alabasi bilan hissa qo'shgan.

10-tur: NASAF – PAXTAKOR - 1:1

Qarshi, 15815 tomoshabin


“Nasaf”ning “Paxtakor” bilan uchrashuviga “Bunyodkor”ga qarshi o'yinda bo'lgani kabi qiziqish deyarli pasaymagandi. Lekin bu safar Ro'ziqul Berdiev shogirdlariga uch ochkoni qo'lga kiritish nasib qilmagan. Birinchi bo'limda Jamshid Iskanderovning goliga tanaffusdan so'ng Hamza Karimov javob bergandi. SHunga qaramay, stadionga to'plangan ishqibozlar ajoyib o'yin uchun minnatdorlik bildirishgan.

12-tur: BUXORO - DINAMO - 1:1

Buxoro, 15005 tomoshabin


Buxoroda o'tkazilgan mazkur o'yinga 15 ming muxlis kelgani albatta har qanday insonni ajablantirishi mumkin. Lekin chindan ham o'sha bahsga shuncha ishqiboz tashrif buyurgan. Buning ustiga, Samarqanddan ham ko'plab qo'llab-quvvatlovchilar kelishgandi. SHuni aytish kerakki, u paytda “Buxoro” o'z o'yinlari bilan ishqibozlariga yoqadigan futbol namoyish etayotgandi. Mahalliy aholi esa o'z jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shish uchun ularga dalda bo'lishni istashgan. Biroq “Dinamo”ga qarshi bellashuvda g'olib nomi aniqlanmagandi.

4-tur: DINAMO - BUNYODKOR - 0:2

Samarqand, 13154 tomoshabin


O'z navbatida Samarqanddagi o'yinlarga ham ko'plab ishqibozlar kelishadi. Buni 4-turdan o'rin olgan “Dinamo” va “Bunyodkor” bahsidan ham bilsa bo'ladi. Lekin o'shanda mehmonlar javobsiz ikkita to'p evaziga g'alaba qozonishgandi.

6-tur: BUXORO - BUNYODKOR - 1:1

Buxoro, 12811 tomoshabin


Bu safar ham “Buxoro”ning o'yinida muxlislarning salmoqli tashrifi kuzatildi. Bu safar ham raqib “Bunyodkor” va bu safar ham hisob 1:1! Garchi Vitaliy Plamadelaning golida so'ng hisob ochilgan bo'lsa-da, oradan bir daqiqa o'tgach, Vohid SHodiev sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qilib, muvozanatni tiklagan. Raqibning “Bunyodkor” ekanligi ham ishqibozlarning qiziqishiga sabab bo'lgan.

3-tur: NAVBAHOR - NEFTCHI – 1:1

Namangan, 12579 tomoshabin


Vodiy derbisining ushbu mavsumdagi dastlabki to'qnashuvi ko'proq qiziqishga turtki bo'ldi. Kosonsoyda kechgan “Navbahor” va “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi bellashuvni bevosita 12 579 nafar muxlis kuzatib borgan. Deyarli stadionda bo'sh joy qolmagan. Qiziqarli kechgan bahsda esa g'alaba hech bir tomonga nasib etmagan. 78-daqiqada SHukur Po'latov “Navbahor”ni oldinga olib chiqqan bo'lsa, o'yin yakun topishiga ikki daqiqa qolganida Abdulloh Olimov “Neftchi”ni mag'lubiyatdan qutqarib qolgan. Stadionga yig'ilgan ishqibozlar keskin uchrashuv guvohiga aylanishgandi.

8-tur: BUXORO - PAXTAKOR - 0:0

Buxoro, 12253 tomoshabin


“Paxtakor”ning Buxoroga tashrifi so'zsiz muxlislarning diqqatini o'ziga tortmasdan qolmasdi. Axir bungacha ham “Dinamo” va “Bunyodkor”ga qarshi o'yinlarga ko'plab tomoshabinlar kelishgandi va “Paxtakor” bilan bahsda ham ularning soni ko'pchilikni tashkil etishini kutish qiyin emasdi. Amalda ham shunday ham bo'ldi va stadionda minglab muxlislar to'plandi. Buni qarangki, “Buxoro”ning uy o'yinlarida eng ko'p ishqibozlar jamlangan mahalda mezbonlar faqat durang o'ynashyapti va bu safar ham “Paxtakor”ga qarshi bellashuvda hisob ochilmadi.

6-tur: DINAMO – PAXTAKOR

Samarqand, 12170 tomoshabin.


CHempionatning eng mojaroli o'yinlardan biriga aylangan ushbu bahsda 12 170 tomoshabin stadionga kira olishgandi. SHuningdek, minglab odamlar stadion tashqarisida qolib o'yinga kira olmagandi. Juda murosasiz va shiddatli o'tgan bahs 1:1 hisobida yakunlanishi arafasida bosh hakam Marat Ismoilov o'yinga 5 daqiqa qo'shib berdi, yakunda esa Paxtakor 90+8-daqiqada g'alabani ilib ketdi, 1:2. Muxlislar noroziligi esa Dinamo stadionining bitta uchrashuvga diskvalifikaciya qilinishi va muxlislarsiz o'tishiga sabab bo'ldi. SHundan so'ng esa o'yingohda muxlislar soni nisbatan kamaya boshladi.

SHuningdek, 1-turdan o'rin olgan Navbahor – Lokomotiv (0:1) o'yini (12161), 11-turdan o'rin olgan Qizilqum - Nasaf (12110), 1-turda “Olmaliq” va “Metallurg” (12105) va bellashuvlariga ham muxlislar anchagina tashrif buyurishgandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика