Oliy liga-2013 yakunlari. "Lokomotiv"ning eng, eng, eng...lari
16 noy 2013 19:47
Yangiliklar

Oliy liga-2013 yakunlari. "Lokomotiv"ning eng, eng, eng...lari
“Lokomotiv” klubi haqidagi so'nggi statistik maqola etiboringizga havola qilinmoqda.
“Temiryo'lchilar”ning mavsumdagi o'rtacha yoshi 28,4 ni tashkil qildi. Maydonga tushgan eng yosh o'yinchi Sardor Rahmonov bo'ldi. Akmal Xolmatov esa nafaqat jamoaning, balki chempionatning ham eng yoshi katta gol urgan futbolchisi bo'ldi. “Lokomotiv” darvozaboni Pavel Bugalo esa bu yil oliy ligada maydonga tushgan va sariq kartochka olgan eng faxriy futbolchi bo'ldi. Oldingi xabarlarda yozib o'tilganidek “Lokomotiv” bu mavsumda umuman qizil kartochka olmagan yagona klub bo'ldi.
Saytimiz xodimlari tomonidan “Lokomotiv”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb Akmal Xolmatov tan olindi. Farhod Tojiev agarda birinchi davra so'nggida jarohat olmaganida eng yaxshi futbolchi bo'lishi mumkin edi. Bu hujumchini xodimlarimiz eng foydali o'yinchi deb topishdi.
17 noyabr kuni O'zbekiston 22-milliy chempionati bronza medali sohibi "Nasaf" klubi haqida maqolalar beriladi.
Narzulla Saydullaev

Ko'rsatkich |
Yosh |
Futbolchi |
Eng yosh gol urgan |
23,244 |
Nagaev Ivan |
Eng qari gol urgan |
37,212 |
Xolmatov Akmal |
Eng yosh maydonga tushgan |
19,27 |
Rahmonov Sardor |
Eng qari maydonga tushgan |
38,354 |
Bugalo Pavel |
Eng yosh sariq kartochka olgan |
19,288 |
Aliboev Ikrom |
Eng qari sariq kartochka olgan |
38,354 |
Bugalo Pavel |
Eng yosh qizil kartochka olgan |
||
Eng qari qizil kartochka olgan |
17 noyabr kuni O'zbekiston 22-milliy chempionati bronza medali sohibi "Nasaf" klubi haqida maqolalar beriladi.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar