So’nggi yangiliklar

11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  7 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  15 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  2 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  20 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  5 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  1 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  79 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5

Oliy liga. 2-tur uchrashuvlari “Sport” TVda ko'rsatiladimi? Yangiliklar

Oliy liga. 2-tur uchrashuvlari “Sport” TVda ko'rsatiladimi?

Bu savolga javoban “Ha” deyishimiz mumkin. Faqat qaysi o'yinlar? Bu savolga esa quyidagicha javob topdik.
Bizga malum bo'lishicha, “Sport” telekanali 2-turdan o'rin olgan ettita uchrashuvdan faqat ikkitasini ko'rsatadi. Va har ikkala o'yin ham dushanba kuni efirga ketadi.

Birinchisi, “Olmaliq” – “So'g'diyona” bahsi (24 mart, soat 16:15). Ikkinchisi, “Lokomotiv” – “Nasaf” o'yini (24 mart, soat 21:55). “Lokomotiv” ishtirokidagi bellashuv ham boshqa o'yinlar qatori ertaga bo'lib o'tishi lozim edi, ammo o'yin dushanbaga ko'chirilgan. TV dasturda esa ertaga 21:55dan boshlab “Lokomotiv” – “Nasaf” uchrashuvi namoyish etiladi deb yozilgan, ammo o'yin ertaga bo'lib o'tmasligini inobatga olsak, o'rniga Angliya chempionatidan o'rin olgan uchrashuv qo'yiladi.

Bu turda shuningdek, “Neftchi” – “Paxtakor”, “Qizilqum” – “Andijon”, “Mashal” – “Bunyodkor”, “Dinamo” – “Metallurg”, “Buxoro” – “Navbahor” bahslari ham o'tkaziladi, lekin ayrim sabablarga ko'ra, bu o'yinlardan birortasi “Sport” TVda efirga ketmaydi. Bizga malum bo'lishicha, viloyatlardagi o'yinlarning videoyozuvi ancha sifatsiz bo'lib, “Sport” TV talablariga javob bermayapti. Natijada o'sha o'yinlar faqat viloyat televideniesi orqali namoyish etilmoqda, markaziy kanalda esa ko'rsatilmayapti.

O'zbekistonda futbol rivoji uchun TELEVIDENIEning tutgan o'rni juda katta va muhim. Qolaversa, hozirgi sharoitdan kelib chiqib aytganda, umuman zamonaviy futbolni TVsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Oliy liga tur o'yinlarini gazetalar, saytlar harqancha yozishmasin, uchrashuvlar TV orqali namoyish etilmas ekan, odamlarning qiziqishini oshirib bo'lmaydi. Buning uchun viloyatlardagi televidenie ham allaqachon zamonaviy tarzda ishlaydigan darajaga chiqishi shart. Yani, o'yin vaqtida bir yo ikkita kamera emas, kamida beshta kamera ishlashi kerak. SHundagina “Sport” TV ham sifatli kadrga ega bo'ladi.

OFK talablariga ko'ra, har bir turning hech bo'lmasa ikkita o'yini jonli efirda namoyish etilishi kerak. Qolgan uchrashuvlarni yozuv holida uzatsa ham bo'ladi. Qachonki, shunday yo'l tutilsagina OFKning bizga bo'lgan etibori oshadi, bu esa chempionlar ligasida o'rinlarimiz soni oshishiga olib keladi. Hozir “Sport” TV poytaxtdagi hamma o'yinlarni ancha sifatli holatda namoyish etmoqda va bu o'z navbatida muxlislarning olqishiga sabab bo'moqda. Lekin viloyat televidenielari hamon uyquda. Oliy ligaga bo'lgan etiborni oshirish uchun viloyatlardagi TV xodimlari professional tarzda ishlamas ekan, hozirgi ahvol bilan bir nimaga erishishimiz nihoyatda mushkul.

Izoh
: Oliy liganing 1-turidagi ikkita o'yin (“Bunyodkor” – “Qizilqum” (to'g'ridan to'g'ri), “Olmaliq” – “Metallurg” (yozib olingan holda) “Sport” TV orqali namoyish etildi. Bu safar ham ikkita uchrashuv ko'rsatiladi.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика