Oliy liga, 19-tur. Bugungi o'yinlar oldidan Bahrom Hakimovning fikrlari
12 sen 2014 14:59
Yangiliklar

Oliy liga, 19-tur. Bugungi o'yinlar oldidan Bahrom Hakimovning fikrlari
Bugun oliy liganing 19-tur o'yinlariga start beriladi. Mamlakatimizning 5ta viloyatida o'yin bo'lib o'tadi.
Mazkur uchrashuvlar oldidan taniqli mutaxassis Bahrom Hakimovning fikrlari bilan qiziqdik. Saytimizning hamkori bo'lgan Bahrom Mamajonovich har bir o'yinga o'z tahminlarini bildirib o'tdi.
“Mashal” – “Neftchi” 50x50. Farg'onaliklarga bugun albatta ochko kerak. CHunki bosh murabbiyning o'rni biroz qimirlab qoldi. Lekin “Mashal” ham yaxshi o'ynamoqda. Muborakliklarda 5-o'rinni egallash uchun juda yaxshi imkoniyat mavjud. Buning uchun ular o'z maydonida osonlikcha ochko ulashmasligi turgan gap. Bugungi o'yin qiziqarli o'tishi tayin. Kim birinchi gol ursa o'sha yutib ketadi nazarimda.
“Metallurg” – “Nasaf” 50x50. Bu ikki jamoa mavsumning birinchi davrasida durang o'ynashgandi. Ikkinchi davrada qarshiliklar yaxshi xolatga kelib ulgurdi. Hozir Ro'ziqul Berdiev jamoasi yaxshi kayfiyatda. Bugun qiziqarli o'yin bo'ladi. Bu bahsda ham kim yutsa o'sha g'olib bo'lsa kerak. Menimcha “Metallurg” yutqazmaydi. Bu jamoa 6-o'rinni mustahkamlash maqsadida g'alaba uchun o'ynaydi. Lekin “Nasaf”ning ham hozirda ochko yo'qotishga haqqi yo'q. Bu jamoa ham medallar uchun kurashmoqda. Menimcha uchrashuv kamida durang bilan intiho topadi.
“Qizilqum” – “Olmaliq” 30x70. Bu o'yinda “Olmaliq” yutishini tahmin qilaman. CHunki ularing ortida boshqa yo'l yo'q. Ikkinchi davrada negadir o'ziga o'xshamayapti. Buning natijasida jamoa turnir jadvalida ham pastlab ketdi. Ularga bugun g'alaba kerak. Ammo “Qizilqum” ham osonlikcha taslim bo'lmaydi.
“So'g'diyona” - “Navbahor” 50x50. Birinchi davrada adashmasam, 4:2 bo'lgandi. Har ikkala jamoa murabbiyi ham mening shogirdlarimdir. Qolaversa Fayziev bilan Ashurmatov hayotda ham qalin do'st. Kimnidir imkoniyatini yuqori baholab, qaysidir birini ranjitib qo'yishni istamayman. Bugun jizzaxliklarga qiyin bo'ladi. Jamoa bugun g'alabaga erishsa oliy ligada qolish uchun imkoniyatni o'zida saqlab qoladi. Aks xolda, “So'g'diyona”ning xolati biroz og'irlashadi. Sababi keyingi turlarda ham ularga oson bo'lmaydi. “Navbahor” esa 6-o'rin uchun kurashmoqda. Bugun safardan imkon qadar ochko bilan qaytishga urinadi. Vaziyatga real baho berganda, namanganliklarning tarkibi biroz kuchliroq.
“Andijon” – “Lokomotiv” 40x60. “Lokomotiv” bugun bor etiborini g'alabaga qaratishi shubhasizdir. O'tgan turda “Bunyodkor”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, jamoa qolgan o'yinlarda faqat va faqat g'alaba uchun o'ynaydi. CHunki chempionlik yo'lida “Paxtakor” bilan jiddiy kurash kechmoqda. SHu bois “temiryo'lchilar” bugun barcha imkoniyatini ishga solib bo'lsa ham, uch ochkoni qo'lga kiritishni o'ylayotgan bo'lsa ajab emas. Tabiiyki mezbonlarga oson bo'lmaydi. Lekin “Andijon” muxlislar uchun ham o'ynashi kerak.
Islombek Rustambekov yozib oldi.

Fikrlar