So’nggi yangiliklar

16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  0 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  4 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  1 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  1 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  1 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  17

Oliy liga. 16-turda ham eng yuqori ballni Ravshan Ermatov oldi Yangiliklar

Oliy liga. 16-turda ham eng yuqori ballni Ravshan Ermatov oldi

15 avgust kuni oliy liganing 16-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatdagidek tur hisobotlari bilan sizlarni boxabar etamiz.

Uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlarning olgan baholariga etibor qaratib o'tsak.  Mazkur turda 7ta o'yin bo'lib utdi. Unda tabiiyki 7 nafar bosh hakam ishladi. 5 nafar bosh hakam Toshkentdan ekanligini aytib o'tish kerak. Qolgan ikki bosh hakam esa Andijon va Navoiy shahridan bo'ldi. 

O'yinlarni boshqarib borgan hakamlar orasida eng yuqori ballni oldingi turda bo'lgani kabi, yana FIFA referisi Ravshan Ermatov oldi. “Olmaliq” – “Bunyodkor” (1:2) bahsida ishlagan Ermatovning hatti-xarakatlari uchrashuv nazoratchisi Bulat Galeev tomonidan 9,6 ballga munosib ko'rildi. Ikki bor mundial ishtirokchisi bo'lgan Ravshan Ermatovning tajribasiga shubha yo'q. SHu bois bundan keyin ham unga kamida 9 balldan past baho qo'yilmasa kerak deb o'ylaymiz. 

16-turada aksincha boshqalarga nisbatan eng past ball olgan hakamlar Temur To'xtasinov bilan Zokir Qodirov bo'ldi. Har ikkisiga ham bir xil 8,4 ball qo'yilgan.

Uchrashuvlarda ishlagan komissarlarga ham to'xtalib o'tadigan bo'lsak. PFL direktori Farhod Magometov ushbu turda Buxoroga safar uyushtirdi. Farhod Abdualievich “Buxoro” – “Nasaf” bahsini bevosita stadionda o'tirib kuzatdi. 

Professional futbol ligasi, hakamlar departamenti bo'limi boshlig'i Noil Lutfullin Qo'qonda kechgan vodiy derbisiga tashrif buyurgan. 

Uning yaqin yordamchisi Bobur Haydarov esa Samarqandga borib “Dinamo” – “So'g'diyona” qarama-qarshiligini kuzatdi.  

Neftchi – Navbahor – 1:0.

Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent) – 9,1, R. Samandarov (Navoiy) – 8,8, O. Jumaev (Navoiy) – 8,8, A. Jo'raxonov (Andijon) – 8.

Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

Komissar: N. Lutfulin.

**********************************************

Buxoro – Nasaf – 0:2. 

Hakamlar: B. Namozov (Toshkent) – 8,5, R. Serazetdinov (Toshkent) – 8,3, R. SHoyaxmetov (Toshkent) – 8,3, N. Boltaev (Navoiy) – 8.

Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).

Komissar: F. Magametov.

**********************************************

Lokomotiv – Metallurg – 5:1. 

Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon) – 8,4, V. Lushin (Guliston) – 8,6, A. Marajabov (Andijon) – 8,6, S. Sattarov (Qarshi) – 8.

Nazoratchi: I. SHaripov (Buxara).

Komissar: G. Rtveladze.

*********************************************

Dinamo – So'g'diyona – 0:1. 

Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy) – 8,4, X. Mirzaahmedov (Toshkent vil.) – 8,6, A. Snetkov (Toshkent vil.) – 8,2, SH. Ro'ziqulov (Qarshi) – 9.

Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

Komissar: B. Xaydarov.

******************************************

Olmaliq – Bunyodkor – 1:2. 

Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent) – 9,6, A. Rasulov (Toshkent) – 9,5, J. Saidov (Toshkent) – 9,4, O. Tuychiboev (Toshkent) – 9.

Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

Komissar: V. Letkin.

******************************************

Mashal – Andijon – 6:1. 

Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent) – 8,6, N. Ro'zimov (Toshkent) – 8,0, O. Abduvasilov (Toshkent) – 8,4, D. Jalimov (Nukus) – 9.

Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

Komissar: R. CHernikov.

******************************************

Qizilqum – Paxtakor – 1:4. 

Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent) – 8,5, M. Saidqosimov (Toshkent) – 8,6, B. Norsafarov (Qarshi) – 7,1, N. Qosimov (Qarshi) – 8.

Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).

Komissar: A. Frolov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика