So’nggi yangiliklar

17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  2 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   4 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  20 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  1 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  27 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   42 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  7 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  71 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0

Oliy liga. 1-turning ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 1-turning ramziy terma jamoasi

Kecha oliy ligada 1-turning so'nggi o'yini bo'lib o'tdi. "Olmaliq" - "Metullarg" bahsidan so'ng tahririyat xodimlari bilan kelishgan holda turning ramziy terma jamoasini aniqladik.
Avvallari kim gol urgani yoki bo'lmasa gol o'tkazib yubormaganiga ko'ra asosan statistika orqali turning eng yaxshilarini aniqlab borardik. Bugunga kelib saytimizning viloyatlarda yig'ilgan xodimlari yordamida iloji boricha betaraf bo'lib 11talikni aniqladik.



Darvozabon: Andrey Melnichuk ("Dinamo")

Himoyachilar: Boyan Miladinovich ("Paxtakor"), Yuriy Rijko ("Navbahor"), Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv"), SHerzod SHaripov ("Buxoro")

Yarim himoyachilar: Karles Koto ("Bunyodkor"), Ilhom Yunusov ("Nasaf"), Jamshid Iskanderov ("Paxtakor"), Zafar To'raev ("Mashal")

Hujumchilar: Anvar Berdiev ("Bunyodkor"), SHahzod Nurmatov ("Metallurg")

Bosh murabbiy: Yuriy Lukin (“Qizilqum”)



Andrey Melnichuk haqli tarzda ramziy terma jamoadan o'rin oldi

Ko'pchilik "Dinamo"ning yirik mag'lubiyatini bashorat qilgandi. Ammo samarqandliklarning ukrainalik posboni Andrey Melnichuk o'z seyvlari orqali jamoasini bir necha vaziyatlarda qutqarib qoldi.

Qizig'i shundaki, "FIFA.uz"dagi narxi tushib ketgan Boyan Miladinovich "Paxtakor" asosiy tarkibida maydonga tushdi va jamoasi uchun muhim bo'lgan uch ochkoni keltirdi. 1-turda himoyachilardan Islom To'xtaxo'jaev ham yaxshi harakat qildi. Ayniqsa, ikkinchi qavatda "Navbahor"ga o'yin bermadi. "Lokomotiv"dan ketgan SHerzod SHaripov "Buxoro" - "Neftchi" o'yinida eng yaxshilardan biri bo'ldi. Huddi shunday Yuriy Rijko bo'lmaganida, "Navbahor" posboniga qiyin bo'lgan bo'lardi.



Anvar Berdiev 1-turdagi ilk golini Karlos Kotoning pasidan so'ng urdi

Koto qanday qilib burchakdan to'p oshirish kerakligini ko'rsatib berdi. To'g'ri Anvar Berdievning kallasi poylandi. SHuningdek, o'yin davomida ham xorijlik futbolchi ekanligi ko'rinib turdi. Ilhom Yunusovni 2013 yildagi ajoyib o'yinlari esimizdan chiqib ulgurmay, yana katta sahnaga chiqdi. "Andijon" bilan bo'lib o'tgan o'yinning eng yaxshi futbolchilaridan biri Jamshid Iskanderov bo'ldi. Futbolchilar ichida "Gattuzo" laqabi bilan tanilgan Zafar To'raev "So'g'diyona"ga qarshi bahsda faol harakat qildi.



"Mashal"ning "Gattuzo"si

Anvar Berdiev gol urish bilan birga Pishur amalga oshira olmagan penaltini ishladi. SHu kuni "Qizilqum" yaxshi o'yin namoyish etganligini inobatga olsak, Berdiev haqli ravishda ramziy terma jamoaga kirdi.
 


SHahzod Nurmatovning "Metallurg"da tutgan o'rni katta

Kim biladi, agar SHahzodbek Nurmatov jarohat olmaganida "Metallurg" g'alabani ushlab qolgan bo'larmidi? 1991 yilda tavallud topgan hujumchi "Olmaliq" darvozasiga o'ta qiyin vaziyatda gol urdi. "Metallurg"ning har bir xavfli hujumiga aynan u sabab bo'ldi.



Yuriy Lukin joriy mavsum ko'pchilik uchun bosh og'riq bo'lsa ajab emas

Ramziy terma jamoaning bosh murabbiyi bo'lish, mag'lubiyatga uchragan "Qizilqum" ustoziga nasib etdi. 1-turda, yanayam safarda, shu kunga qadar 3ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan "Bunyodkor"ga jiddiy qarshilik ko'rsata oldi. Lukinning jamoasi himoyada aqlli futbol o'ynadi. Qarshi hujum taktikasi ham samarali bo'ldi.

Izoh: Bundan keyin har bir turning ramziy termasini berib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting. 1-tur ramziy termasini tuzishda ishtirok etganlar: Nodirxo'ja Yuldashev (Toshkent), Kamoliddin Alimov (Toshkent), Xayrulla Xoliqov (Olmaliq), SHahboz Beg'amov (Qarshi), SHerzod Hamdamov (Kosonsoy), Aziz Salixov (Vobkent), Islombek Rustamov (Andijon), Umid Raimjonov (Zomin).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика