So’nggi yangiliklar

12:19Отаменди: "Францияликлар ғалабани бизнинг оиламиз вакиллари олдида нишонлашди. Нишонлагинг келса, олдимга кел, ҳал қиламиз"  0 12:01 "Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - Алиев Диёрбек ва Маматов Муҳаммадамин  0 11:40"Қизилқум" - "Бунёдкор" ўйинидан кейинги қизиқарли фактлар  1 10:56Ди Мария таҳдидлар туфайли ватанига қайтмайди  0 10:27ПСЖ «Ман Сити»га расмий таклиф юборди  0 10:01«Ньюкасл» 60 миллион фунтга ҳимоячи сотиб олади  1 09:32Дамир Темиров: «Андижон» варианти пайдо бўлганида хурсандчилик билан таклифни қабул қилдим»  3 09:00Про лига. Бугун иккинчи давра баҳсларига старт берилади  0 08:31«Барселона» футболчисини «Жирона»га ижарага берди  0 08:02Суперлига. Бугун 14-турнинг марказий учрашуви Андижонда бўлиб ўтади  8 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  6 05:20Футзал. Футбол бўйича Европа чемпионлари иштирок этган илк жаҳон чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  1 02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  16 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  4 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  11

Oliy liga 1-turning keyingi to'rtta o'yini. Kimning imkoniyati qanday? Yangiliklar

Oliy liga 1-turning keyingi to'rtta o'yini. Kimning imkoniyati qanday?

Oliy liga 1-turining keyingi to'rtta o'yini ertaga bo'lib o'tadi. Dastlabki to'rt o'yin kabi ertangi bahslar oldidan ham tahririyat qarashini etiboringizga qaratamiz.
14 mart, 2015 yil
"Dinamo" (Samarqand) - "Qo'qon-1912" (Qo'qon)
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

Garchand "Dinamo" o'z maydonida o'yin o'tkazsa-da, jamoada bugun kuzatilayotgan moliyaviy ahvol g'alabaga to'siqlik qilishi mumkin. So'nggi kunlarda ko'plab futbolchilar jamoa rahbariyatining ustidan PFLga murojaat qilyaptilar. Aynan shu omil jamoaning o'yiniga tasir o'tkazmasa, mezbonligini inobatga olsa Agamurodov shogirdlarining imkoniyati biroz yuqori. "Dinamo" bu yil olgan o'yinchilar, ketganlardan bir kalla ustun emas. O'runov, Bobojonov, SHixov, Samatov va Aliqulov tom manoda jamoaning kuchi edilar.

Bevosita "Qo'qon-1912"ga to'xtalsak, jamoa ancha yillardan beri oliy ligada ko'rinmay qolgandi. Ularning ishtahasi ochilgani tabiiy, ammo dastlabki o'yin safarda bo'lishi qiyinchilik tug'dirishi mumkin.
Bugun jamoa o'rinbosarlari g'alaba qozondi, ertangi o'yin ham yomon bo'lmasligi aniq.

Imkoniyatlar: 55/45

"Neftchi" (Farg'ona) - "SHo'rtan" (G'uzor)
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), V. Lushin (Guliston), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

Kutib oling, yangi "Neftchi" kelyapti. Etar endi bas, shuncha vaqt boy berildi, katta sahnaga marhabo, vodiy grandi! Balandparvoz gaplarni yozish oson, ammo barchasi maydonda hal bo'ladi. Farg'ona 2015 yilgi mavsumni o'z futbolchilari bilan boshlayapti. Mansur Saidov, Baxtiyor Yoqubov va SHukurali Po'latov endi yana "Neftchi"da. Qolaversa, jamoaga tajribali posbon kelgan ko'rinadi. Ertangi o'yin "Neftchi"ning oliy ligada qaysi o'rinlar uchun kurash olib borishiga oydinlik kiritadi. Jamoa g'alaba qozonishi mumkin, ammo o'yin bo'lmasa qiyin bo'ladi. Balki g'alaba qozonmas, ammo o'yini chiqar, bu esa yaxshilikka bo'ladi.

Lekin unutmaylik, "SHo'rtan" Farg'onaga g'alaba uchun ketyapti. Aslida oliy ligaga chiqqan klublar undan tushib ketmaslik uchun kurash olib boradilar. Ammo "SHo'rtan"ning oliy ligadan tushib ketishiga sabablar boshqa bo'ldi. Jamoa bugun o'z safini yaxshi futbolchilar bilan to'ldirib oldi. Taran, Karpenko, Jo'raev, Aliqulov, Kamolov va Stanoevich kabi futbolchilar Qurbonovning imkoniyatini oshiradi.

Imkoniyatlar: 50/50

"Navbahor" (Navbahor) - "Mashal" (Muborak)
Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), T. Gaynulin (Toshkent), R. Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

Buni qarangki, vodiyda bo'lib o'tadigan ikki uchrashuvda ham vodiy - voha to'qnashuviga guvoh bo'lamiz. "Dinamo"dagi trio - Samatov, Bobojonov va SHixov jamoani kuchaytira oladigan futbolchilar. Melenchuk haqida aytmasak ham bo'ladi, "So'g'diyona" uchun eng katta yo'qotish, "Navbahor" uchun eng yaxshi xarid. Aynan mana shu futbolchilar jamoa o'yiniga ijobiy tasir o'tkazishi mumkin. Ketganlardan Mansur Saidovni katta yo'qotish deb aytish mumkin, ammo 2014 yil Mansur baribir o'zini "Neftchi"dagidek his qilmagandi.

O'yinning Namanganda bo'lib o'tishi jamoani g'alabaga bo'lgan imkoniyatini oshiradi. "Mashal" ham chakki emas. O'tgan yil jamoa bejizga beshinchi o'rinni qo'lga kiritmagan. Faqat jamoani yoshlar tark etgani yomon bo'ldi. Kelganlarga qarasak, katta nomlarni ko'rmaymiz. Ikki nafar legionerning saviyasiga tez kunlarda baho beramiz.

Imkoniyatlar: 50/50

"Qizilqum" (Navoiy) - "So'g'diyona" (Jizzax)
Hakamlar: H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

Ertaga bo'lib o'tadigani o'yinlardan kelib chiqsak, "Qizilqum" g'alaba qozonishi mumkin bo'lgan eng yaxshi o'yinlardan biri mana shu bo'ladi. Sababi raqib o'tgan yilgidan ko'ra ancha kuchsizlandi. Jamoaning ishongan posboni endi yo'q. To'purar bo'lgan Jasur Hakimov ham klubni tark etgan. Yana bir hujumchi Koblash allaqachon OCHLda o'z yurishini boshlab yubordi. Aslida bu o'yin Jizzaxda bo'lib o'tishi kerak edi, ammo "So'g'diyona"ning yangi stadioni hali bitmaganligi uchun kichik o'zgartirish kiritildi. "Qizilqum" uchun Vagapov katta yo'qotish bo'lishi mumkin, xolos.

"So'g'diyona"dan farqli ravishda "Qizilqum" oliy ligaga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. Moliyaviy holati ham raqibinikidan ancha ustun. Bu erda Davron Fayzievdan o'zgacha o'yin kutmasak, jamoalarning oliy ligadagi sharoitidan kelib chiqsak, imkoniyat ko'proq "oltin izlovchilar" tomonida.

Imkoniyatlar: 60/40
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика