Oleksandr Pishur O'FF tadbirida ishtirok etadi
23 dek 2013 10:47
Yangiliklar

Oleksandr Pishur O'FF tadbirida ishtirok etadi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi hujumchisi va 2013 yilgi O'zbekiston chempionati to'purari Oleksandr Pishur bugun o'ziga atalgan sovrinni qabul qilib oladi.
Xabaringiz bor, bugun “Zarafshon” koncert zalida O'FFning 2013 yil yakunlariga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tadi. Unda bir qancha nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanadi.
Hozircha O'zbekiston chempionati to'purari sovrini egasi aniq. “Bunyodkor”ning ukrainalik hujumchisi Oleksandr Pishur 2013 yilgi oliy liga bahslarida 19ta gol urib, chempionatning eng yaxshi to'purari nomiga sazovor bo'lgandi.
Oleksandr Pishur tadbirda bevosita ishtirok etish uchun bugun Toshkentga etib keldi.

Fikrlar