So’nggi yangiliklar

08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  0 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3

Oleg Zoteev kecha nega o'ynamadi? Yangiliklar

Oleg Zoteev kecha nega o'ynamadi?

Kecha bo'lib o'tgan Coca Cola Superliga 18-tur bahsida "Lokomotiv" "Bunyodkor" mehmoni bo'ldi. O'ziga yarasha qiziq kechgan bahsda "temiryo'lchilar" 1:1 hisobini qayd etishdi.

Etibor bergan bo'lsangiz, kechagi o'yinda "Lokomotiv"ning ikki nafar qanot himoyachisi maydonga tushmadi. Davron Hoshimov sariq kartochkalari soni to'rttaga etgani bois "Bunyodkor"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgan bo'lsa, chap qanot himoyachisi Oleg Zoteev ayni paytda davolanayotgani sababli o'yinda ishtirok eta olmadi. 

Albatta, muxlislarda Zoteev nima uchun ko'rinmadi, u jarohat oldimi degan savol yuzaga kelgan bo'lishi turgan gap. Bu kabi savollarga "Lokomotiv" futbol klubi hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi shifokori Abror Pirriev quyidagicha javob berdi: 

- "24 avgust kuni Oleg Zoteev umumiy shamollash fonidagi birlamchi meningit tashhisi bilan stacionar davolanishga yotqizildi. Odatda bunday paytda bemorning ikki hafta kasalxonada yotib davolanishi talab etiladi. SHundan so'ng yana ikki hafta tiklanish muolajasiga ketadi. Oddiy qilib aytganda, Oleg Zoteevda bosh va orqa miya qobig'ining shamollashi kuzatilgan. Bu xavfli kasallik emas, faqat muntazam vrach nazoratida bo'lib davolanishi talab etiladi. Futbolchi yaxshilab davolangach bir oydan keyin yana safga qaytadi". 

Bilasiz, Oleg Zoteev 28 avgustdan boshlanadigan O'zbekiston terma jamoasining o'quv-mashg'ulot yig'inlariga jalb qilingandi. Ammo ayni paytda davolanayotgani sabab terma jamoaning sentyabr oyidagi ikkita o'yinida ishtirok eta olmaydi. Umid qilamizki, "Lokomotiv"ning mohir futbolchisi tez orada safga qaytib, klub hamda terma jamoa o'yinlariga yordam beradi.

Oleg Zoteevga tezroq sog'ayib ketishini tilaymiz!

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика