So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Oleg Tyulkin: Samarqandlik minglab muxlislar oliy ligaga munosiblar Yangiliklar

Oleg Tyulkin: Samarqandlik minglab muxlislar oliy ligaga munosiblar

Teglar :  Oleg TyulkinDinamo
Dinamo - Lokomotiv uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Dinamo bosh murabbiyi Oleg Tyulkin ishtirok etdi.

«Afsuski, muhim o'yinda yirik mag'lubiyatga uchradik. Buning uchun muxlislardan uzr so'raymiz. Bugun ikki tomon uchun ham ochkolar juda zarur edi. Raqibimiz saviya jihatdan bizdan bir bosh ustun ekanligi guvohi bo'ldik. O'yin davomida hisob 1:3ga aylanganidan keyin yigitlarning ruhiy holati tushib ketdi. Tarkibda o'zgarishlar qilib, vaziyatni o'nglashga intildik, ammo vaziyatlar yaratib, ulardan foydalanishda oqsadik.

Saviya jihatdan raqiblarimiz kuchli tarkibga ega. Aytaylik, o'yin boshida Abdumalik Abdullaev yakkama-yakka vaziyatda Nesterov darvozasini ishg'ol eta olganida o'yin umuman boshqacha kechardi. Ko'p o'tmay, xuddi shunday vaziyat Marat Bikmaevda bo'ldi, u esa darhol bitta zarba bilan vaziyatni golga aylantirdi. Bu futbolchining saviyasidan darak. Adnan Oraxovac gol urganidan keyin kurashga qo'shildik, ammo raqibning uchinchi goli yana o'yinni qiyinlashtirdi. Ularni chempionlik bilan tabriklaman.


Samarqandda futbolni sevishadi. Samarqandlik minglab muxlislar Oliy Ligaga munosiblar.


Jarohati bois himoyachimiz Radu Rogakning bizga yordam bera olmagani ham maydonda bilindi. Darvozabonimiz Temur Jo'raev ham bugun tarkibda yo'q edi. So'nggi o'yinda ham «Mashal»ga qarshi bahs oson kechmaydi.

PFLning qaroridan keyin karaxt ahvolga tushgandik. 12-o'rin bilan ligada qolmaslik juda alamli bo'ladi. SHu bois, klub PFL talablarini bajarishga kirishgan. Har holda har qanday o'rinda bo'lmaylik, stadionimiz muxlislar bilan gavjum bo'ladi. Sababi Samarqandda futbolni sevishadi. Samarqandlik minglab muxlislar Oliy Ligaga munosiblar. Har holda futbol eng avvalo muxlislar uchun ekanligini unutmaylik.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика