So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  9 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  0 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  2 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  2 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  20 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2

Oleg Tyulkin: “Jamoaning stadioni yo'q, qanday vazifa bo'lishi mumkin?” Yangiliklar

Oleg Tyulkin: “Jamoaning stadioni yo'q, qanday vazifa bo'lishi mumkin?”

Teglar :  XorazmOleg Tyulkin
“Xorazm” har doim birinchi liganing etakchi klublaridan biri bo'lib kelgan. Jamoa doim oliy ligaga chiqishga harakat qiladiku, ammo so'nggi pallada ularga nimadir etmay qoladi.

Biroq ushbu mavsum “Xorazm”ning holati havas qilgudek emas. Bunga klubning turnir jadvalida egallab turgan o'rni ham isbot bo'la oladi. O'zbekiston Birinchiligining 9-turida “Oq-tepa”ni qabul qilgan xorazmliklar kichik hisobda g'alaba nashidasini surishdi. Bellashuvdan so'ng mezbonlar ustozi Oleg Tyulkinning fikrlari bilan qiziqdik.

- Dastavval “Oq-tepa”ga qarshi o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Toshkent jamoasiga qarshi teng o'yin, bo'ldi deyish mumkin. Ammo golga tortadigan vaziyatlar borasida ustunlik biz tomonda edi. Biroq imkoniyatlardan foydalana olmadik. Ayniqsa, birinchi bo'limda aynan jihat bo'yicha oqsadik. Ikkinchi bo'lim birinchisiga nisbatan qiyinroq kechdi. Bunga “Oq-tepa” tarkibida tajribali o'yinchilar borligi ham sabab bo'ldi. Biz aksincha, yosh o'yinchilarga ishonch bildiryapmiz. Safimizda faqat mahalliy yigitlar o'ynayapti. Futbolchilarimizning barchasi Xorazm futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridir. Qisqasi, futbolimizni yanada yaxshilashga harakat qilyapmiz.  

- Ilgari “Xorazm” liga etakchilaridan biri hisoblanardi. Doim oliy liga yo'llanmasi uchun kurash olib borardi. Ushbu mavsum jamoa autsayderga aylanib qoldi. Buni qanday tushunish mumkin?

- Bilasizmi, biz o'z boshimizdan avlodlar almashinuvi davrini o'tkazyapmiz. Faqat mahalliy yigitlarga etibor qaratyapmiz. Umuman chetdan o'yinchi olib kelayotganimiz yo'q. Bu o'z-o'zidan jamoaning natijalariga tasir qilmoqda.

- Demak, jamoaning chempionatdagi ishtiroki ko'ngildagidek emasligini avlodlar almashinuvi bilan izohlaysiz?
- Albatta. Hali o'zimizni o'nglab olamiz. O'zingiz tarkibimizni ko'rdingiz. Futbolchilarning deyarli barchasi mahalliy o'yinlar, qolaversa, yoshlar. Meni xursand qilayotgani shuki, bu yigitlar shu erda tug'ilib katta bo'lishgan. O'zlari tug'ilgan viloyat shani uchun borlarini berib o'ynashyapti.

- Ushbu mavsum oldidan rahbariyat jamoa oldiga qandaydir vazifa qo'ydimi?
- Jamoaning stadioni yo'q, qanday vazifa bo'lishi mumkin? Ko'rib turibsizku, qanday maydonda va sharoitda o'ynayotganimizni! Tez orada o'z stadionimizga ega bo'lamiz, keyin oldimizga qandaydir maqsad qo'yamiz. O'ylashimcha, kelasi yil oliy ligaga chiqish uchun kurash olib boramiz.

- “Xorazm” jamoasi murabbiylari shtabida Umid Tojimov ishlayotganini eshitgandik, lekin bugun uni ko'rmadik?!
- Ha, ishlamoqda. Bugun u kasal bo'lib qolgani uchun o'yinga kela olmadi.



- O'zbekiston Birinchiligining bu yilgi mavsumi haqida qanday fikrdasiz?
- Birinchi ligada ishlamaganimga bir necha yillar bo'lgan edi. Hozir kuzatuv ishlarini olib boryapman, desam mubolag'a bo'lmaydi. Agar oliy liga bilan solishtirsak, er bilan osmoncha farq bor.

- Bunday maydonda qanday qilib futbol o'ynash mumkin? Klub rahbariyatiga bu borada murojaat bilan chiqdilaringmi?
- SHu erda stadion rahbari yuribdi? Undan so'ragan maqul. Stadion borasidagi murojaatlarimizga hech kim etibor bermayapti. SHu xafa qiladi, kishini. Bizda nafaqat stadion, baza ham yo'q. Bunday holatda nima qilish mumkin? Qanday qilib futbolchilarga nimadir o'rgatasiz? Taktik, texnik tomondan biror narsa qilib bo'ladimi?

- Mashg'ulotlarni qaerda o'tkazyapsizlar?
- SHahardagi “Spartak” nomli maydonda. Bu stadionga biz ham faqat o'yin kuni kelamiz. Bizga maydon kerak.

- Bu maydon sizlarining foydangizga xizmat qilyapti, desak bo'ladimi?

- (kulib) Bu savolni javobsiz qoldiraman. Safardagi uchrashuvlarni yaxshi maydonlarda o'tkazsak, o'zimiz ham mazza qilib to'p tepamiz.

- Jamoaning moliyaviy holati qanday?
- Bu borada hech qanday muammomiz yo'q. Oylik maosh va mukafot pullari o'z vaqtida berilmoqda.

Furqatbek NISHONOV 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика