So’nggi yangiliklar

23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  0 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  3 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2

Oleg Tyulkin: Dinamo trillerda g'olib bo'ldi Yangiliklar

Oleg Tyulkin: Dinamo trillerda g'olib bo'ldi

Teglar :  Oleg TyulkinDinamo
O'zbekiston Kubogi nimchorak final javob uchrashuvi doirasidagi Olmaliq - Dinamo (2:2) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Oleg Tyulkin o'yin borasida to'xtalib o'tdi.

- Oleg Pavlovich, keyingi bosqich yo'llanmasi bilan tabriklaymiz. O'yin haqida qanday fikrdasiz?

- Bugun Dinamo o'yin emas, trillerda g'olib bo'ldi. Uchrashuv juda shiddatli va tomoshabop o'tdi. Ayniqsa, birinchi bo'lib hisobni jarima zarbasidan Iskandar Xolmirzaev kiritgandan keyin, o'yin yanada jonlandi. Maydon egalari muvozanatni tiklashgach, har qanday holatda ham yana bitta gol urishimiz kerak edi. Ammo ko'p o'tmay, futbolchilar maydondan chetlatishdi, penalti qo'yildi. 11 metrlik holat bo'yicha vaziyatni anglay olmadim, ochig'i. Raqib penaltidan gol urib, hisobda oldinga chiqqach, yakunda biz yana gol urib, chorak finalga yo'l olganligimizdan juda xursandmiz. Yigitlar irodalarini namoyish etishdi.

- Jasur Qurbonov maydonga tushayotganda qanday ko'rsatma berilgandi?

- Yosh futbolchimiz yarimhimoyachi bo'lsada, hujumkorlikni oshirishi kerak edi. O'yin yakunida uning maydonga tushirilishi foydali bo'ldi. O'yinga qo'shib berilgan 90+6-daqiqa yakuniga 15 soniya qolganida Jasur ikki futbolchini aldab, chamasi 30 metrlardan kuchli zarbasi bilan ajoyib gol muallifiga aylandi. Bu gol bizni chorak finalga olib chiqdi. Yoshlar ishonchimizni oqlayotgan ekan, ularga imkon berishda davom etamiz.

- CHorak finalda Dinamoni Mashalga qarshi ikkita uchrashuv kutib turibdi…

- Olmaliq to'sig'idan o'tdik, endi Mashaldan ham o'tishga intilamiz. Muborak jamoasi ham hurmatga sazovor raqib. Imkonqadar g'alabalar qozonib, finalga chiqishga harakat qilamiz. Bu muxlislarimiz uchun ajoyib sovg'a bo'lardi. Har qanday holatda ham Dinamo har o'yinda kurashib, bor kuch va g'ayratini ishga solishiga vada beramiz.

Dinamo Matbuot xizmati.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика