So’nggi yangiliklar

Oleg Tyulkin: "Dinamo" oliy ligada qolish uchun so'nggi nafasigacha kurashadi" Yangiliklar

Oleg Tyulkin: "Dinamo" oliy ligada qolish uchun so'nggi nafasigacha kurashadi"

Teglar :  NeftchiDinamo
Oliy Liga 28-turi doirasida Samarqandda Farg'onaning “Neftchi” klubini qabul qilgan Dinamo jamoasi juda muhim g'alabaga erishdi.

Uchrashuvdan keyin Dinamo bosh murabbiyi Oleg Tyulkin uchrashuv borasida fikr bildirdi.

Kurashlarga boy murosasiz uchrashuv guvohiga aylandik. Biz osonlikcha taslim bo'lmasligimizni isbotlay oldik. Butun uchrashuv davomida yigitlarimiz faqat g'alaba ilinjida oldinga borishdi va nihoyat maqsadimizga etib gol ura oldik. Himoyachi bo'lishiga qaramay Adnan Oraxovac uchrashuv davomida hujum chizig'ini ham kuchaytirishga intildi. Yakunda bosh bilan ajoyib gol urib, g'alaba keltirdi. Yigitlarimizdan minnatdormiz. Ko'rib turibsiz, Dinamo futbolchilari nafaqat jamoa yoki muxlislar uchun, balki o'z shanilari uchun, keyingi yil Oliy Ligada to'p surish uchun maydonda bor imkoniyatlarini ishga solishmoqda. Bugungi bahsda buni yana bir bor isbotlashdi. Dinamo ligada qolish uchun so'nggi nafasgacha kurashadi.

Neftchi jamoasining oxirgi bahsda amaldagi chempion Lokomotiv bilan durang o'ynaganligi bu jamoaning kuchini bildirardi. Muhimi bugun uch ochkoni oldik, endi keyingi turda yana o'z maydonimizda Lokomotivga qarshi maydonga tushamiz. Samarqandlik muxlislar jamoamizni bugungidek qo'llab-quvvatlab tursalar, amaldagi chempion bilan ham jiddiy kurash olib boramiz - deydi Oleg Pavlovich.

"Dinamo" klubi Matbuot xizmati.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика