So’nggi yangiliklar

12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  0 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  0 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  6 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  3 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4

Oleg Tyulkin: Bunday futbol atmosferasini faqat Samarqandda ko'rish mumkin Yangiliklar

Oleg Tyulkin: Bunday futbol atmosferasini faqat Samarqandda ko'rish mumkin

Teglar :  Oleg TyulkinDinamo
Dinamo - Navbahor (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Oleg Tyulkin matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Avvalo bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
- Bugun shiddali va kurashlarga boy bo'lgan o'yinda ishtirok etib, afsuski mag'lubiyatga uchradik. SHunga qaramay, o'yin yomon taassurot qoldirmadi, yigitlar maydonda bor kuchlari bilan to'p surishdi. Bugun yagona xatomiz o'yin taqdirini hal etdi. Yigitlarimizga hech qanday etirozim yo'q, ular borlarini berishdi. Ikkinchi bo'limda o'yin tizginini qo'limizga olib, hujumkor to'p surishga intildik, ammo raqib himoyada bexato o'ynadi. Xatolar ustida ishlashda davom etamiz. Bu futbol, bugun omad Navbahor tomonda edi.

- Bugun jamoa sardori Akmal Bozorovning asosiy tarkibda yo'qligi nima bilan bog'liq edi?
- Akmalning jarohati bor edi. SHu bois uni asosiy tarkibda tushira olmadik. Uning tajribasi jamoaga yordam bergan bo'lardi. SHu bois o'yin yakunida bo'lsada maydonga tushirdik.

- Bugun Dinamo golli vaziyatlar yaratishdi oqsagandek ko'rindi. Bu bosim bilan bog'liqmi yoki yosh futbolchilarga mahorat etishmadimi?
- Bilasizmi, jamoamizning ayni damdagi o'rtacha yoshi 22 yoshdir. Bunday davrda yigitlarda har qanday holat kuzatilishi mumkin. Barqarorlik doim ham bir xil bo'lmaydi. Ayniqsa, ruhiy jihatdan tayyorlash muhim. Qolaversa, raqiblar ham ancha tajribali edi, ular ham bizni juda yaxshi o'rganishgan. Eng asosiysi, yosh tarkibimiz hech kimdan qo'rqmay, raqibga qarshi munosib to'p surmoqda. Albatta, qaerdadir xatolarga yo'l qo'ygandirmiz, buni tahlil qilib, o'rganamiz. Har bir o'yin yigitlar uchun tajriba. Mag'lubiyat ham jamoani yanada jipslashishiga sabab bo'ladi.


- Uchrashuv bosh hakamiga etirozlaringiz bo'lsa kerak?
- Yo'q, menda hech qanday, hech kimga etirozim yo'q.

- Ketma-ket uch o'yindagi g'alabadan so'ng, bugungi mag'lubiyat Dinamo jamoasiga ruhiy jihatdan yomon tasir qilmaydimi?
- Bilasizmi, maydonda hamma barobar, kim ruhiy va jismonan yaxshiroq tayyor bo'lsa o'sha g'alabaga erishadi. Omad ham muhim bunda. Albatta, bunday paytda mag'lubiyat yoshlarga ko'proq tasir qilishi mumkin, ammo bu borada biz keyingi o'yingacha ish olib boramiz. Ayniqsa, bunaqangi qo'llab-quvvatlash bilan yigitlar o'zlarini tezda tiklab olishadi. CHunki, mag'lubiyatli o'yindan keyin ham viloyat va shahar rahbariyati ham jamoamizni qo'llab-quvvatladi, muxlislarni aytmaysizmi? Etibor bering, yana qaerda Samarqanddagidek bir soat oldin o'yingoh muxlislar bilan to'lib-toshib, minglab odamlar tashqarida qolib ketishmoqda? Bunday futbol atmosferani faqat Samarqandda ko'rish mumkin. Demak ular bizga ishonishmoqda, bu futbolchilarga yanada shijoat bag'ishlaydi. Biz ochkolar uchun emas, avvalo Samarqand ahli uchun o'ynaymiz. Muxlislarimizni xursand qila olsak, bu katta baxt. Bugun minglab muxlislarimizdan uzr so'raymiz, ularni xursand qila olmadik. SHunga qaramay, butun o'yingohning Dinamoga Molodcy deya hayqirgani jamoa uchun katta sharaf. Bizga ishonayotgan ekanlar, keyingi o'yinlarda g'alaba bilan ularga minnatdorchilik bildirishimiz shart.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика