Oleg Tolmasov: "Turon" – "Qizilqum" uchrashuvi hech yodimdan chiqmaydi"
19 dek 2021 22:00
Yangiliklar
Oleg Tolmasov: "Turon" – "Qizilqum" uchrashuvi hech yodimdan chiqmaydi"
– Oleg, hozirgi kunda nimalar bilan bandsiz?
– Avvalo, barchangizni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklab qolaman. Men hozir uyda oilam bilan dam olyapman. SHiddatli, ko'plab kurashlarga boy o'tgan mavsumni ham yakunlab oldik. SHunday ekan, ayni paytda hordiq chiqarmoqdaman.
– O'zbek futboli xaqida nimalarni aytolasiz?
– Bu erda mening bir do'stim – Ruslan bor edi. U bu erda futbol yomon saviyada emasligini aytdi. O'zim ham kelgach, bu rost ekanligiga ishonch hosil qildim. Rostini aytsam, buni kutmagandim.
- Oleg Tolmasovni keyingi mavsumda ham "Qizilqum" jamoasida ko'ramizmi?
– Bu masalada jamoa rahbariyati qaror chiqaradi, hammasi ham menga bog'liq emas. Gaplashamiz, muhokama qilamiz va ushbu masalani hal qilamiz.
– Jamoangiz "Paxtakor"ga qarshi kechgan uchrashuvda ularga nisbatan yaxshiroq o'yin o'tkazgan edi. Buni o'sha uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida bildirilgan fikrlar ham tasdiqlaydi...
– To'g'ri, o'sha o'yinda ikkita penalti yo'q edi, buni hamma ko'rdi. Ular penaltdan tashqari hech narsa yarata olishmagandi. Biz shunchaki o'z vaziyatlarimizni golga aylantira olmadik.
– "Qizilqum"ning boshqa jamoalardan ustun tomonlari nimada?
– Tajriba, har bir futbolchining mahoratidan qatiy nazar so'nggi daqiqagacha o'ynay olish xarakteri deb bilaman.
– Siz uchun eng esda qolarli o'yin?
– Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Turon" - "Qizilqum" (0:1) uchrashuvi hech yodimdan chiqmaydi. So'nggi daqiqalarda raqib jamoani siquvga olganimiz, to'xtamasdan qilingan pozicion hujumlar, to'g'risini aytganda, his-tuyg'ular to'lib toshgandi.
– Siz o'zbek futboli haqidagi yangiliklarni asosan, qaysi nashrlarda o'qiysiz?
Qiziq savol. Men o'zbek tilini tushunmayman, biroq bazida championat.asia va pfl.uz saytlarini o'qib boraman. Sababi ushbu saytlarda boshqa tilda ham xabarlar chiqar ekan.
SHohruh Meylixolov suhbatlashdi
Fikrlar