Oleg Kononov: "Ikkinchi bo'limda "Terek" bizni faolligi bilan qiynadi"
17 apr 2016 00:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/205105_original.jpg)
![](/upload/storage/205105_220.jpg)
Oleg Kononov: "Ikkinchi bo'limda "Terek" bizni faolligi bilan qiynadi"
Uchrashuv yakuniga etishi bilan tezkor intervyu bergan "Krasnodar" bosh murabbiyi Oleg Kononov, shunday deydi:
- "Terek" o'z maydonida juda ham kuchli o'yin namoyish etadigan klub sanaladi. Bugun yana bir bor bunga amin bo'ldik. Muxlislari olqishlab turgan jamoaning uyida gol urish oson emas. Bazi daqiqalarda sovuqqon o'ynab gol urishga imkon topa oldik. Birinchi bo'limda gol urish uchun yana imkoniyat bo'ldi, ikkinchi bo'limda esa "Terek" faol harakatlari bilan bizni "bosib" qo'ydi. O'yinga ikki xil tarif beraman. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik. Ikkinchisida esa hujumda o'ynay olmadik. Lekin, himoyada bexato harakat qilganimizni qayd etaman.
O'yin tugashi bilan stadionni o'zida intervyu berayotganida, Oleg Kononovga "Terek" muxlislari turli xil buyumlarni uloqtirishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar