Oleg Kononov: "Bu o'yin bizga katta tajriba bo'ldi"
24 okt 2014 00:29
Yangiliklar


Oleg Kononov: "Bu o'yin bizga katta tajriba bo'ldi"
"Krasnodar" bosh murabbiyi Oleg Kononov "Volfsburg"ga qarshi o'yindan keyin "NTV Plyus" telekanali orqali o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
O'yin shunday kechdiki, raqibning uyushtirgan har bir hujumi gol bilan yakunlandi. Bizda ham darvozani ishg'ol etish uchun imkoniyatlar paydo bo'lgandi, lekin bu imkoniyatlardan gol kirita olmadik. Ayniqsa ikkinchi bo'lim so'nggida yaxshigina vaziyatlar yaratgandik. SHunga qaramay futbolchilarimga o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu o'yin biz uchun katta tajriba bo'ldi.
Bugun rejamiz amalga oshmadi. Lekin men o'z fikrimda qolaman, guruhimizda teng kuchli jamoalar jamlanishgan va biz har bir o'yinda faqat g'alaba uchun kurashamiz.
Bugun rejamiz amalga oshmadi. Lekin men o'z fikrimda qolaman, guruhimizda teng kuchli jamoalar jamlanishgan va biz har bir o'yinda faqat g'alaba uchun kurashamiz.

Fikrlar