Ole-Gunnar Sulsher: “MYU saviya jihatdan APLning uchinchi jamoasi”
26 iyu 2020 09:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583245_original.jpg)
![](/upload/storage/583245_220.jpg)
Ole-Gunnar Sulsher: “MYU saviya jihatdan APLning uchinchi jamoasi”
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning ishonishicha, uning jamoasi joriy mavsumda APLda uchinchi o'rinni olishga loyiq.
“Agar bronza medallarga ega chiqsak, jamoa uchun yaxshi stimul bo'lardi. Oktyabrda xalqaro o'yinlar o'tkazilganidan keyin APL ochko to'plash borasida uchinchi pog'onada borayapmiz. Keyin o'yin saviyasi borasidayam ancha vaqtgacha kuchli uchlikda edik.
Mavsum boshida judayam tushunarsiz, pala-partish o'yin ko'rsatdik. Ayni paytda jamoa barqarorlikka erishdi, jismoniy holati ham yaxshilandi va jamoa kuchaydi”, deydi manikunianliklar ustoo'i.
APL so'nggi turi oldidan Sulsher jamoasi turnir jadvalida “CHelsi” bilan bir xil ochko to'plab, uchinchi o'rinda bormoqda. 26 iyul kuni MYU safarda o'zidan bir ochko ortda qolayotgan “Lester” bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar