Ole-Gunnar Sulsher "Milan" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikr bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
19 mar 2021, 07:16
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Milan"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Albatta xursandmiz. Biz buyuk jamoaga qarshi o'yinda g'alabaga erishdik va ma'lum qiyinchiliklarni engib o'tdik. 

Darvoza daxlsizligini saqlasang g'alaba uchun imkoniyat yaratasan. O'yin yakunida Xenderson ajoyib seyv amalga oshirdi, men jamoaning himoyadagi o'yinidan mamnunman. Himoyachilarimiz borlarini berishadi. 

Bizga Pogba yetishmayotgandi. U deyarli ikki oyni o'tkazib yubordi. Xar qanda jamoada bunday futbolchining o'rni bilinadi. U biz uchun muhim futbolchi va jamoamizni yaxshigina kuchaytiradi. U jamoada muhim rol o'ynaydi", - dedi Sulsher. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC