Ole-Gunnar Sulsher: "De Xeani hisobdan chiqarmang. U eng yaxshi darvozabon"
14 mar 2021 18:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625315_original.jpg)
![](/upload/storage/625315_220.jpg)
Ole-Gunnar Sulsher: "De Xeani hisobdan chiqarmang. U eng yaxshi darvozabon"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher darvozabonlar David De Xea va Din Xenderson haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bilasizmi, David 10 yildan buyon Manchesterda. Har mavsum aql bovar qilmas seyvlarni amalga oshiradi. Mavsumni yuqori darajada o'tkazadi. Din hali o'rganishi va o'sishi kerak. Bizda shubhasiz birinchi raqam yo'q.
So'nggi ikki hafta ichida David haqida bildirilayotgan fikrlar noo'rin. Unga qizining tug'ilish munosabati bilan uyiga ruxsat berildi va uning o'rnini egallagan Din darvozani ishonchli qo'riqladi.
Men bitta emas, uchta yaxshi darvozabon bo'lishini istardim. Men juda xursandman, CHunki ikkita kuchli darvozabonlarim bor ", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar