So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  0 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  1 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

"Oldimda Eron, BAA va Kuvayt klublaridan takliflar mavjud" - Rizo Yazdando'st Yangiliklar

"Oldimda Eron, BAA va Kuvayt klublaridan takliflar mavjud" - Rizo Yazdando'st

"Metallurg" jamoasining eronlik sobiq himoyachisi Rizo Yazdando'st yurtimizdagi faoliyati hamda taassurotlari haqida saytimizga intervyu berdi.

- Rizo, birinchi marotaba legioner sifatida o'zbek klubida faoliyat yuritdingiz. SHu haqda fikringiz qanday?

- Ha, birinchi marta Erondan tashqarida faoliyat olib bordim. Yurtingizda futbolchilar uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilgan. O'zim harakat qilgan Bekobod klubida xam qulayliklar etarli, bu erda professionallar ish olib borishadi va eng asosiysi, ahil jamoa mavjud. Muxlislarning ham futbolga mehri ajoyib ekan.



- "Metallurg" jamoasidan ketishingizga nima sabab bo'ldi?

- Bunga asosiy sabab – onamning betobligi. Onam yaqinda jarrohlik operaciyasini o'tkazdi. Men uning yonida bo'lishim kerak edi. SHu sababli O'zbekistonni tark etishga majbur bo'ldim.

- Sizningcha, O'zbekiston va Eron chempionatlari o'rtasida qanday farq mavjud?

- Ikki mamlakat futbolidagi farq sezilarli emas. Eronda jismoniy holat va individuallikka alohida etibor beriladi. Murabbiy va futbolchilarga bo'lgan bosim xam yuqori. O'zbekiston jamoalari asosan intizomli, jamoaviy futbol o'ynashga intiladilar. Fikrimcha, yaqin yillar ichida futbolingiz yanada o'sishga erishadi. Sababi yurtingizda akademiyalar va bolalar futboliga bo'lgan etibor meni yaxshi manoda hayron qoldirdi.



- Kelgusidagi rejalaringiz haqida ayta olasizmi? Agar o'zbek klublaridan taklif bo'lsa, qabul qilarmidingiz?

- Hozir menga Eron, BAA va Kuvayt klublaridan takliflar mavjud. Tez orada yakuniy qarorni qabul qilaman. O'zbekistonga qaytishni istar edim, lekin afsuski, hozir onam va oilamga yaqinroq joyda bo'lishim kerak.


Furqat Po'latov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика