Olamsport.com: Jo'rabek Karimov "Australian Open" yarim finalida!
28 jan 2016 14:53
Yangiliklar


Olamsport.com: Jo'rabek Karimov "Australian Open" yarim finalida!
Hozirgina Melburn shahrida davom etayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining o'smirlar o'rtasidagi musobaqasida hamyurtimiz Jo'rabek Karimov yarim finalga yo'llanma oldi.
Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan Jo'rabek chorak final bahsida yaponiyalik Yosuki Vatanukini 6:3, 6:2 hisobida taslim etdi.
Turnirda 13-raqam ostida tasniflangan yapon tennischisi uchinchi davrada
musobaqaning ikkinchi raketkasi serbiyalik Miomir Kezmanovichni bahslardan
chiqarib yuborgandi. Jo'rabek Karimovning yarim finaldagi raqibi
avstraliyalik Aleks De Minaur bo'ladi. Musobaqada oltinchi raqam ostida
harakat qilayotgan Minaur chorak finalda turnirning uchinchi raketkasi
greciyalik Stefanos Cicipasni 6:7, 7:5, 6:0 hisobida mag'lub etdi.
Xabarning davomi olamsport.com saytida...
O’xshash yangiliklar

Fikrlar