Olamsport.com: Fedor Emelyanenko jang o'tkazdi
18 iyu 2016 12:50
Yangiliklar
Olamsport.com: Fedor Emelyanenko jang o'tkazdi
39 yoshli rossiyalik sportchi Fedor Emelyanenko bugun tunda braziliyalik Fabio Maldonadoga qarshi ringga chiqdi.
Jang uch raund davom etdi. Birinchi raundda braziliyalik sportchi katta
ustunlikka erishdi. Ikkinchi raundda esa Emelyanenko tashabbusni qo'lga oldi
va o'zining bir qancha zarbalari bilan kerakli ochkolarni ishlab oldi.
Uchinchi raundda esa Emelyanenko biroz faolroq bo'ldi. Jang yakunlariga ko'ra
ikki nafar hakam 29-28 hisobida Emelyanenkoning g'alabasini etirof
etgan bo'lsa, uchinchi hakam 28-28 hisobidagi durangni qayd etdi.
Rossiyalik sportchi shu tariqa ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritmoqda.
Jangdan olingan suratlarni tomosha qiling >>> FOTOGALEREYA
Jang videosini tomosha qiling >>> VIDEO
Maldonado: “Fedor bilan revansh jangiga tayyorman”
Sportga oid so'nggi xabarlar www.olamsport.com saytida! Saytning feysbukdagi sahifasini ham kuzatib boring!

Fikrlar