Olamsport.com: Ertaga o'zbek bokschisi ringga chiqadi VIDEO
27 okt 2018 12:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459870_original.jpg)
![](/upload/storage/459870_220.jpg)
Olamsport.com: Ertaga o'zbek bokschisi ringga chiqadi VIDEO
Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, hozirda professional boksda faoliyat olib borayotgan superog'ir vaznli charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov ertaga tongda navbatdagi jangida ringga ko'tariladi.
Bahodir faoliyatidagi uchinchi jangini Amerika vaqti bilan bugun tunda, bizning vaqt bilan esa ertaga tongda amerikalik Tayrel Raytga qarshi o'tkazadi. Olti raundga mo'ljallangan jang Nyu-York shahridagi mashhur “Madison Square Garden” arenasida bo'lib o'tadi.
Bugun ikkala bokschi vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar