Olamsport.com: Bugun Sanjar Tursunov AQSHda prof ringdagi ilk jangini o'tkazadi
08 noy 2018 09:26
Yangiliklar
Olamsport.com: Bugun Sanjar Tursunov AQSHda prof ringdagi ilk jangini o'tkazadi
Bugun (bizning vaqt bilan ertaga tongda) AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahridagi Fantasy Springs Casino arenasida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Biz uchun muhimi, ushbu boks oqshomida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi ringga ko'tariladi. Havaskor boksda Osiyo chempioni Sanjar Tursunov professional boksdagi debyut jangini o'tkazadi. Rossiyaning “Mir Boksa” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan Tursunovning raqibi meksikalik Migel Kubos bo'ladi.
Malumot uchun, 29 yoshli Kubos faoliyati davomida roppa-rosa 30ta jang o'tkazgan. Bu janglarning 11tasida g'alaba qozongan. Sakkizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Mag'lubiyatlari soni 19ta, 8ta jangda nokaut bo'lgan. Tursunov esa bugun debyut jangini o'tkazadi.
Ikkala bokschi bugun tarozidan o'tishdi. Quyida ushbu jarayonni tomosha qilish mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar