So’nggi yangiliklar

00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  0 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  4 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  2 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  6 23:02Вадим Абрамов: "Бундай кўп тўхталишлар мухлисларга ёқади деб ўйламайман"  9 22:51"Арсенал" бразилиялик ярим ҳимоячига қизиқиб қолди  1 22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  11 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  738 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  2 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  155 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1 20:00А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" ва "Аталанта" ўзаро баҳс олиб боради  1

O'ktam Uzoqov: “Jamoamiz g'alabalari meni yoshartiradi...” Yangiliklar

O'ktam Uzoqov: “Jamoamiz g'alabalari meni yoshartiradi...”

Teglar :  O'ktam Uzoqov
Yurtimizda muxlislik professional darajaga chiqmoqda.

Ayniqsa, bu borada muxlislarni birlashtiruvchi muxlislar klublarning faoliyatini aloxida takidlash zarur. Milliy futbolimizda o'z o'rniga ega bo'lgan Nasaf muxlislar klubi raisi, yurtimizdagi fidoiy futbol muxlislaridan biri O'ktam UZOQOVga faoliyatiga taaluqli savollar bilan murojat qildik.

-Nasaf muxlislar klubi xaqida qisqacha malumot berib o'tsangiz?

- Yurtimizning barcha joylarida bo'lgani singari Qashqadaryo viloyatida ham futbolni juda yaxshi ko'rib unga muxlislik qiladigan ishqibozlar ko'plab topiladi. Muxlislar klubimiz ko'p yillardan beri  faoliyat olib borgan bo'lsa-da, rasman 2008 yildan buyon rasman ish boshlaganmiz. Klubimizga bo'lgan qiziqish yildan-yilga oshib bormoqda va har yili safimizga yangi fidoyilar qo'shilmoqda. Bugungi kunga kelib, yangi muxlislarni klubimiz safiga qo'shib olish jarayoni ketmoqda, taxminimcha bu yil azolarimiz soni 300 nafardan oshsa kerak.

-Muxlislar klubga azo bo'lgan ishqibozlarga qanday imtiyozlar beriladi?

-Albatta, muxlislar klubimizga azo bo'lgan ishqibozlarga bir qator imtiyozlar berilgan va bu borada yana izlanishlarni olib bormoqdamiz. Azolarimiz sevimli Nasaf jamoamizning uy uchrashuvlariga bepul kirishadi. O'zaro kelishgan holda, navbatma – navbat Nasafning safar uchrashuvlariga ham klubimiz azolarini olib boramiz. SHuningdek, klubimizga azo bo'lgan har bir muxlisga klubning maxsus futbolkasi beriladi. Ular o'yin davomida shu futbolkalarni kiyib jamoamizni qo'llab – quvvatlab turishadi.

-Eshitishimizcha muxlislar klubiga azo bo'lish 150 ming so'mni tashkil qilar ekan. Bu narx muxlislarga qimmatlik qilmaydimi?

-Haqiqiy muxlis uchun qimmat emas, aksincha arzonroqdir. Barchamizga yaxshi malum bu yil ham sevimli jamoamiz Nasaf OCHLda o'ynaydi. Klubimizga azo bo'lgan fidoiylar ushbu o'yinlarga ham bepul kirish imtiyoziga ega bo'ladi. Yuqorida takidlab o'tganimdek, safar uchrashuvlariga ham navbatma-navbat olib boramiz. SHuni mamnuniyat bilan aytan bo'lar edim, tarkibimizga kirishni istagan muxlislar talaygina va ular biz belgilagan narxga xech qanday etiroz bildirishmadi. CHunki, bizda haqiqiy, fidoiy muxlislar jamlanishgan, ular Nasafning chin manodagi muxlislari. 

-Nasaf mamuriyati muxlislar  klubiga yordam berib turadimi?

-Bu borada xech qanday muammo bo'lmaydi. Klub mutasaddilari bilan doimo aloqadamiz. Bizga qanday yordam kerak bo'lsa, imkoniyat darajasida yordam ko'rsatishadi. Safar uchrashuvlariga chiqish uchun transport masalasida va shunga o'xshash safar bilan bog'liq tashkiliy masalalarni hal qilishda mutasaddilar o'z yordamlarini ayamaydi. 

-Xorijdagi muxlislar klublari faoliyatini ham kuzatib borsangiz kerak?

-Albatta bu borada Evropadagi ko'plab muxlislar klublari faoliyatini kuzatib boramiz va o'zimizga kerakli bo'lgan jihatlarini o'rganamiz. Ko'proq Arsenal, Zenit Barselona va Bavariya muxlislar klublari faoliyani o'rganib, tahlil qilib boramiz.

-55 yoshni qarshi olishingizga qaramay, futbol bilan hamnafas yashaysiz, muxlislarni jamlab, ularni o'z ortingizdan ergashtirishda qiyinchiliklarga uchramaysizmi?

-Men millionlar o'yiniga yuragimdan muxlislik qilaman. Futbol xayotimning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Bu erda yosh xech qanday axamiyatga ega emas. Eng asosiysi fidoiylik yosh tanlamaydi. Muxlislar klubidagi har bir azo bilan yaqindan tanishmiz. Klubda barcha ishlar risodagidek tashkil qilinadi. O'yinlar davomida har bir azo mening izmimdan chiqmaydi. SHuningdek, bir qator fidoiy yoshlarimiz ham menga barcha ishlarda yordam berib kelmoqda. Nasafga 1997 yildan buyon muxlislik qilib kelaman. To'g'risi yoshim kattaligi ham bilinmaydi. CHunki, milliy terma jamoamizni va sevimli Nasaf klubimizning har bir g'alabasi meni yoshartirib yuboradi. Har gal stadionda sevimli jamoam g'alaba qozonar ekan, men bir yoshga yoshargandek bo'laman. Nasaf o'tgan mavsumda O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi, men esa bir necha yoshga yoshardim... buni so'z bilan ifodalay olmayman. Axir bu chinakam baxtku... . O'ylaymanki, bu yil yana ancha yosharib ketsam kerak.

-O'yinlar davomida muxlislar orasida jamoat tartibini buzib, futbolchi va murabbiylarni turli hil so'zlar bilan xaqoratlovchi muxlislar ham uchrab turadi...

-To'g'ri aytdingiz, bazan shunday muxlislarni ham uchrab turadi. Lekin bizni safimizda bundaylar yo'q va bo'lmaydi ham. CHunki, bizda faoliyatimizni doimiy kuzatib boruvchi maxsus gurux bor. Ular o'yinlar davomida muxlislik madaniyatini kuzatib borishadi. Agarda shunday salbiy holatlar yuzaga kelsa, o'sha muxlisni oramizdan chetlatamiz va kerak bo'lsa stadionga yaqinlashtirmaymiz. Bizda temir intizom joriy qilingan.

Xayrullo VASIEV suhbatlashdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика