"Oksford" ustozi 18 yoshli xavbekni Inestaga tenglashtirdi
26 sen 2018 15:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/455278_original.jpg)
![](/upload/storage/455278_220.jpg)
"Oksford" ustozi 18 yoshli xavbekni Inestaga tenglashtirdi
"Oksford Yunayted" bosh murabbiyi Karl Robinson "Manchester Siti"ga qarshi Angliya liga Kubogi bahsida (0:3) o'zini ko'rsatgan "shaharliklar" yarim himoyachisi Filip Fodenni maqtadi.
18 yoshli futbolchi Manchester jamoasining 3ta golidan 2tasida ishtirok etdi (1ta gol, 1ta assistent).
"Fodenning oyoqlari uchun jon berish mumkin. Uning imkoniyatlari juda katta. Filipning o'yinida biz anchadan beri sog'ingan narsa bor. Uning harakatlari menga "Barselona"dagi Inestani eslatib yubormoqda" - deydi Robinson.
Joriy mavsum Foden APLning 2ta uchrashuvida maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar