So’nggi yangiliklar

11:59Роналду 2025 йилда Португалия терма жамоаси сафида учта пенальтидан иккитасини ура олмади. Терма жамоа бу ўйинларнинг барчасида ғалаба қозонди  0 11:15Ўзбекистон терма жамоалари йиғини: Қайси клубнинг хиссаси каттароқ?  4 10:45Гёкереш "Арсенал"га ўтиш учун Саудия жамоасининг супер таклифидан воз кечган  1 10:17Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон U-16 термаси Японияга қарши баҳс олиб боради  3 09:52"Ливерпуль" Германия МТЖ аъзоси билан музокараларни бошлади  0 09:25А Сериянинг энг кўп ойлик олувчи футболчиси "Бавария"га текинга ўтиши мумкин  1 08:58"Монако" янги бош мураббийини эълон қилди  0 08:30Ҳайдаров шогирдлари бугун Қозоғистонга қарши майдонга тушади  6 08:02ЖЧ-2026 саралаш. Осиё қитъасида иккинчи тур учрашувлари бўлиб ўтди  12 07:35Мессининг бенефисига айланган баҳсда "Интер" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  22 02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  9 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4

OKMKning yaponiyalik legioneri Arixiro Sentoku: "Bu erga kelganimdan so'ng Sato Minori haqida gapirishni boshlashdi. O'zbekiston o'sha o'yinda Yaponiyadan ustun edi" Yangiliklar

OKMKning yaponiyalik legioneri Arixiro Sentoku: "Bu erga kelganimdan so'ng Sato Minori haqida gapirishni boshlashdi. O'zbekiston o'sha o'yinda Yaponiyadan ustun edi"

Teglar :  Arixiro SentokuOKMK
Bilamizki, ichki chempionatimizda ishtirok etuvchi jamoalarimiz asosan Serbiya, Rossiya, Ukraina mamlakatlaridan futbolchilarni taklif qilishadi.

Lekin, oldingi yillarda sharqiy osiyolik o'yinchilar xizmatidan foydalangan klublarimiz ham bo'ldi. Tushungan bo'lsangiz gap Oliy va Superligamizda to'p tepgan Yaponiya va koreyalik legionerlar haqida ketmoqda. "Paxtakor" va "Buxoro"da o'ynagan Naoya SHibamura yodingizdami? "Bunyodkor"da muvaffaqiyatli natijalarga erishgan Sato Minorichi? Joriy mavsumda OKMK tarkibida yana bir yaponiyalik futbolchi Arixiro Sentoku to'p tepmoqda. Futbolchi O'zbekistonga moslashish jarayoni haqida fikrlarini bildirdi. 

- 2024 yil boshida yangi jamoaga keldingiz. Birinchi davra yakuniga etmoqda. Taassurotlaringiz qanday? 

- Hammasi odatdagidek. Yangi jamoaga kelib qo'shildim va shu erda o'ynamoqdaman. O'yin amaliyotiga ega bo'lmoqdaman. Bosh murabbiyimiz bizga ishonch bildirmoqda. Undan ko'p narsa o'rganishga harakat qilyapmiz. 

- Hamyurtingiz Sato Minori "Bunyodkor"da tanilgandi, ajoyib o'yinlar ko'rsatgandi. Minori haqida eshitganmisiz? 

- Yo'q, ammo O'zbekistonga kelganimdan keyin barcha menga Minori haqida gapirishni boshladi. O'shanda Sato Minori kimligini bilib oldim. O'zbekiston futbolini yuqori baholayman. Yaqindagina olimpiya terma jamoangiz Osiyo kubogi finalida Yaponiyaga qarshi o'ynadi. O'zbekiston o'sha uchrashuvda Yaponiyadan ustunroq edi. O'zbek futboli o'sib bormoqda.

- O'zbekiston iqlimi sizga qiyinchilik tug'dirmayaptimi?

- Yo'q. Men bunga qadar ko'p mamlakatlarda to'p tepganman. Ob-havo men uchun muammmo emas. Yaponiyadagi ob-havo biroz boshqacha, ammo yoz mamlakatingizda ancha issiq bo'lishi haqida eshitdim.

- Jamoadoshlaringiz haqida nimalar deya olasiz?

- Ularning barchasi bilan do'stlashib oldim. Barchasi yaxshi. Bazida jamoadoshlarim bilan birga ovqatlanishga borib turamiz

- Evropa chempionati boshlanmoqda. Qaysi jamoani kuzatasiz?

- Barcha jamoalarda imkoniyat bor. Evropada ko'p o'ynaganman, ammo aniq bir jamoani belgilab o'ta olmayman. Futbolchi sifatida Modrichni yoqtiraman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика