So’nggi yangiliklar

00:05А Серия. "Рома" — "Милан". Таркиблар маълум!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Наполи"ни йирик ҳисобда таслим қилди  3 23:43"Арсенал"нинг 13 ўйиндан иборат мағлубиятсиз сериясига МЮ нуқта қўйди  25 23:40Кэррикдан супер старт! "Манчестер Юнайтед" унинг қўл остида "Арсенал" ва "Ман Сити"ни мағлуб этди  13 23:32Эндрикдан хет-трик! "Лион" сафарда "Метц"ни тор-мор этди  2 23:30АПЛ. "Манчестер Юнайтед" сафарда "Арсенал"ни мағлуб этди  32 22:18"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди  17 21:30"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  96 21:23"Сурхон" голларга бой баҳсда Россия клубини мағлуб этди  10 21:12АПЛ. "Челси" топ-4га қайтди, "Астон Вилла" эса "Ньюкасл"ни сафарда мағлуб этди  4 20:54Назорат ўйини. "Насаф" "Енисей"га ютқазди  23 20:13"Атлетико" ўз уйида "Мальорка"ни тор-мор этди  4 20:01Назорат баҳси. Самарқанднинг "Динамо"си Россиянинг 6 карра чемпиони ЦСКАни мағлуб этди  33 19:30"Актобе" Португалия терма жамоаси афсонаси Луиш Нани билан шартнома имзолади  11 19:15ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум  77

OKMK taqdimot marosimi o'tkazdi Yangiliklar

OKMK taqdimot marosimi o'tkazdi

Teglar :  OKMK
OKMK futbol klubi yangi futbolchilarni tanishtirdi.

"Bilasiz, mamlakatimiz klublari har yili mavsum avvalida taqdimot marosimlarini o'tkazishi va yangi futbolchilarni tanishtirishi ananaga aylanib ulgurgan.

26 fevral kuni qadrdon jamoamiz, OKMK sport majmuasida yangi mavsum oldidan taqdimotini o'tkazdi. Unda o'tgan yillarda jamoamizda yorqin o'yinlar namoyish etgan futbolchilar va yangi mavsumdan etiboran klubimiz tarkibiga kelib qo'shilgan bir qator mahalliy hamda legioner ijrochilar tanishtirildi.

Tadbir avvalida OKMK futbol klubining Prezidenti Abdulla Xursanov so'zga chiqib, futbolchilarimizga omad va zafarlar tiladi. So'ngra, jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan birgalikda o'zbek brendi ostidagi «7SABER» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan OKMK PFKning maxsus formalarini futbolchilarga tantanali ravishda topshirishdi.

OKMK jamoasining eng katta yutug'i – uni o'ziga xos fidoyi muxlislari borligidir. Ularning bir qanchasi ushbu tadbirda ishtirok etib, har qanday vaziyatda jamoa bilan birga ekanligini va doimo qo'llab-quvvatlashini takidlab o'tdilar.

Eslatib o'tamiz, OKMK futbol klubi yangi mavsum oldidan 3 nafar legioner: Gruziyalik yarim himoyachi Giorgi Papava, Serbiyalik markaziy hujumchi Milyan SHkrbich va Yaponiyalik hujumkor yarim himoyachi – Arihiro Sentoku kabi futbolchilar jamoa tarkibiga jalb etildi.

SHuningdek, o'tgan mavsumda Superliga jamoalarida to'p tepgan tajribali va yosh istedod egalari: Murodjon Toshmatov, Javohir Ilyosov, Avazbek O'lmasaliev, Ali Abdurahmonov, Azizbek Xolmurodov, Asadbek Rahimjonov, Azizbek Bahromov, Saidafzalxon Ahrorov va Abrorbek Sarimsoqov hamda Farruxjon Qodirovlar bilan shartnoma tuzildi.

Umid qilamizki, tarkib jihatdan yosh va yangilangan «konchilar» 2024 yilgi futbol mavsumida yuqori o'rinlarni egallab, muxlislar ishonchini oqlaydi", - deyiladi klub xabarida.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика