So’nggi yangiliklar

09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  1 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  3 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  1 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  1 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  1 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  3 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0

OKMK o'zidan deyarli 3 barobar qimmat "Al Arabi"ni taslim etdi (Bu qanday sodir bo'ldi) Yangiliklar

OKMK o'zidan deyarli 3 barobar qimmat "Al Arabi"ni taslim etdi (Bu qanday sodir bo'ldi)

Kecha o'zbek klublari xalqaro maydonda ajoyib natijalarni qayd etishdi.

Dastlab "Navbahor" "Al Vakra"ni qo'shimcha bo'limlarda mag'lub etib guruh bosqichiga yo'l oldi. Namanganliklar ketidan OKMK "Al Arabi" mehmoni bo'ldi va yagona gol evaziga safarda g'alabani o'ziniki qildi. SHu tariqa, har ikki klubimiz OCHLning yangi mavsum guruh bosqichida ishtirok etadigan bo'lishdi. Ulardan tashqari, amaldagi chempion "Paxtakor" va kubok sohibi "Nasaf" ham CHempionlar ligasida qatnashadi.

Al-Arabi

AFC Champions League Qualification . Final-tur

22/08/2023, 23:30

1
:
0
Tugadi

AGMK

Ruben Sanchez - 69'

45'
90'
69'  Ruben Sanchez

SHu o'rinda olmaliqliklarning ishtiroki va raqibiga qisqacha to'xtalib o'tmoqchiman. "Al Arabi" 71 yillik tarixga ega klub. 1952 yilda tashkil etilgan jamoa o'tgan mavsum Qatar Yulduzlar ligasida "Al Duhayl"dan keyin ikkinchi o'rinni band etgan edi. Ular xatto "Al Sadd"dek kuchli jamoadan ham yuqorida tugatishgan mavsumni. OFK tasarrufidagi xalqaro o'yinlarda ilk bor 1987 yilda ishtirok etgan. Osiyo CHempionlar ligasida esa 2012 yil bir marta qatnashgan. O'shanda ular "Paxtakor" bilan bir guruhdan joy olishgan va barcha 6 bellashuvda mag'lubiyatga uchrashgan.

"Al Arabi" 16 avgust kuni PSJ klubidan yarim himoyachi Abdu Dialloni 10 mln evro evaziga sotib oldi. "Transfermarkt" portali malumotlariga ko'ra OKMK jamoasi butun tarkibi narxi 7.26 mln evro turadi. Raqib esa olmaliqliklarning butun tarkibidan qimmatroq futbolchini mana shu o'yin uchun olib kelishdi. "Al Arabi"ning butun tarkibi esa 21.05 mln evroga baholangan yuqoridagi portalda. Yani, Mirjalol Qosimov shogirdlari o'zlaridan deyarli 3 barobar qimmat jamoani safarda taslim etishdi.


Uchrashuv bo'lib o'tgan "Al Tumama" stadionida o'tgan yili Jahon chempionati-2022ning 8ta uchrashuvi bo'lib o'tgan. Aynan shu stadionda Ronaldu va Portugaliya Marokashga yutqazib qo'ygandi. 44400 muxlisga mo'ljallangan stadionning qurilish qiymati 342 mln dollarga teng. SHuncha pul sarflanganiga qaramay qatarliklar o'z maydonlarida OCHL yo'llanmasini o'zbek klubiga boy berishdi.

JCH-2022 doirasidagi Eron - AQSH (0:1) o'yini paytidagi "Al Tumama" stadioni.


OKMK jamoasi ushbu g'alabasi bilan o'zbek futboli muxlislari va olmaliqliklar uchun kichik bayramni tuhfa etishdi. Endi jamoa kamida 6ta xalqaro o'yin o'tkazadi, bu bellashuvlarning har biri alohida katta voqelik. Yaqindagina "Olimpik"ka qarshi Superliganing 16-tur uchrashuvida Olmaliqdagi OKMK sport majmuasining qayta tamirlanishdan keyingi ochilish marosimi bo'lib o'tgandi. O'shanda OKMK futbol klubi prezidenti hamda "OKMK AJ" boshqaruv raisi Abdulla Xolmuradovich Xursanov ham ishtirok etgan edi. Klubga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlarda bu insonning ham hissasi katta. Juda oddiy, sodda rahbar.


Kechagi uchrashuvda OKMK futbolchilari ideal o'yin o'tkazib berishdi. Himoyada Anzur Ismoilov va Islom To'xtaxo'jaev o'tib bo'lmas qoya bo'lib berishdi. Urilgan golda esa Abdulla Abdullaev va Ruben Sanches hammasini maromiga etkazishdi. Mirjalol Qosimov shogirdlari o'z mehnatlari evaziga OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Guruh bosqichida barcha 4 jamoamizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

P.S. Jamoalarimiz Qatardan oddiy reysli uchoqlarda ortga qaytishdi. OCHLning guruh bellashuvlari sentyabr oyida boshlanadi va unda jamoalarimiz safar o'yinlariga charter reyslarda borishlari kerak. Sababi, OCHL bilan bir paytda jamoalarimiz Superliga va O'zbekiston kubogida ham ishtirok etishadi. Bunday holatda futbolchilarni ortiqcha toliqishdan asrash uchun xalqaro safar o'yinlarga charter reys tashkillashtirish eng to'g'ri qaror bo'ladi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика