OKMK klubi o'z darvozabonlaridan biri bilan kelishuvni bekor qildi
03 dek 2025 21:04
Yangiliklar
OKMK klubi o'z darvozabonlaridan biri bilan kelishuvni bekor qildi
Olmaliqning OKMK klubi jamoa darvozaboni Humoyunshoh Sayyotov bilan shartnoma o'zaro kelishuvga asosan bekor qilinganini elon qildi.
"Barchasi uchun rahmat, Humoyunshoh!
OKMK FK jamoasi va iqtidorli darvozabon Humoyunshoh Sayyotov o'rtasidagi shartnoma o'zaro kelishuvga asosan bekor qilindi.
2025-yil boshidan buyon jamoamiz safida faoliyat yuritib kelayotgan Humoyunshoh Sayyotov shu kunga qadar OKMK tarkibida 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta bahsda o'z darvozasini daxlsiz saqlashga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek, sobiq darvozabonimiz OKMK U-21 jamoasida ham 8 ta o'yinda ishtirok etib, muhim g'alabalarga hissasini qo'shdi.
Klubimiz Humoyunshoh Sayyotovga keyingi faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi. Biz uning muvaffaqiyatlarini har doim kuzatib boramiz va kelajakdagi faoliyati doimo porloq bo'lishiga ishonamiz!", – deyiladi OKMK matbuot xizmati xabarida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar