So’nggi yangiliklar

09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  0 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  7 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  5 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  2 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  4 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  29 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  8 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  10 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  9

OKMK Janubiy Koreya klubi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi Yangiliklar

OKMK Janubiy Koreya klubi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi

Teglar :  CHonnam DragonsOKMK
6-noyabr kuni OKMK FK va Janubiy Koreyaning "CHonnam Dragons" klubi o'rtasida futbolni o'zaro takomillashtirish borasida hamkorlik o'rnatildi.

Ushbu kelishuv orqali ikki klub futbolni rivojlantirish, tajriba almashish, yosh futbolchilarni tayyorlash hamda klub akademiyalarining xalqaro turnirlar va boshqa sport tadbirlarida ishtirok etish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Tadbirda Janubiy Koreya delegaciyasi vakillari va OKMK futbol klubi bosh direktori Bahodir Mirzaev, klub menejeri Doniyor Yoqubov va sport direktori Jahongir Risliqboyev hamda klub mabuot kotibi Abbos Mavlonovlar ishtirok etishdi.

Bilasiz, Janubiy Koreyaning «CHonnam Dragons» klubini metallurgiya sohasida jahonda o'z o'rniga ega bo'lgan «Posco» kompaniyasi moliyalashtiradi. O'z navbatida OKMK professional futbol klubiga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati homiylik qiladi. Bundan ko'rinib turibdiki, homiylik borasida deyarli bitta bo'g'inda bo'lgan klublar uchun bu hamkorlik o'zaro do'stlik aloqalarni yanada mustahkamlash imkoniyatini beradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, har ikki taraf vakillari hamkorlikning turli yo'nalishlari bo'yicha kelishuvga imzo chekishdi:

✔️O'zbekistonda va Janubiy Koreyada har ikkala jamoalar o'rtasida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazish;

✔️ Klub va akademiya murabbiylari hamda xodimlarni malakasini oshirish, shuningdek, futbol industriyasidagi ilg'or tajribalarni o'rganish;

✔️ Jamoadagi tashkiliy ishlar bo'yicha amaliyot almashish;

✔️ Tibbiyot mutaxassislari va menejment xodimlari uchun malaka oshirish dasturlarida qatnashish;

✔️ Vitaminizaciya — organizmni zarur vitaminlar bilan taminlash jarayoni bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish va futbolchilarni sog'lik va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha maxsus dasturlarda tayyorlash;

✔️ Futbol infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha loyihalarda hamkorlik qilish;

✔️ Yosh futbolchilar uchun iqtidorlarni aniqlash va rivojlantirish dasturlarini tashkil etish;

✔️ Murabbiylar uchun, ayniqsa akademiya murabbiylari uchun o'quv kurslari va malaka oshirish dasturlarini joriy etish;

✔️ Sport psixologiyasi bo'yicha mutaxassislar bilan almashinuv dasturlarini yo'lga qo'yish;

✔️ Futbol akademiyalari o'rtasida innovacion texnologiyalarni joriy etish va tajriba almashish;

✔️ Ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida jamoatchilik va muxlislar klubi bilan ishlash dasturlarini amalga oshirish;

✔️ Media va marketing sohasida hamkorlik qilish va brend rivojlanishi bo'yicha maslahat almashish;

✔️ Jamoa tibbiyoti sohasida zamonaviy texnologiyalar, realibitaciya va shu kabi boshqa usullarni qo'llash bo'yicha ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish;

✔️ Ijtimoiy masuliyatli loyihalar, jumladan, yoshlar orasida sportni ommalashtirish bo'yicha birgalikda tadbirlar o'tkazish;

✔️ Amaliyot o'tash uchun futbolchilar almashunivi, yani, Janubiy Koreyaga bir nafar futbolchimizni yuborish va o'z navbatida «CHonnam Dragons» klubining U-18 jamoasidan OKMK FKning U-19 jamoasiga bir futbolchi qabul qilish.

SHuningdek, bu hamkorlik har ikki klub akademiyasi yosh futbolchilari uchun katta imkoniyatlar ochmoqda. Yoshlarga xalqaro tajriba orttirish, turli futbol madaniyatlarini o'rganish va raqobatbardoshligini oshirish imkoniyati beriladi.

OKMK FK va «CHonnam Dragons» akademiyalari o'rtasidagi ushbu kelishuv doirasida, masalan, 12-16 yosh toifasidagi futbolchilar Janubiy Koreya yoki O'zbekiston mezbonlik qiladigan xalqaro turnirlarda qatnashishi mumkin bo'ladi. Ayniqsa «Posco» kompaniyasining yana bir homiyligidagi «Pohang Stilers» klubi akademiyasi tomonidan tashkillashtiriladigan musobaqalarga ham OKMK FK akademiyasi tarbiyalanuvchilarini jalb etish majburiyati «CHonnam Dragons» rahbariyati tomonidan amalga oshirilishi kelishib olindi.

Ushbu turdagi xalqaro tajriba almashish yosh futbolchilarga kelajakda o'z mahoratini yanada oshirish va professional darajada rivojlanish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Xalqaro turnir va musobaqalarda ishtirok etish orqali ular turli mamlakatlarning o'yin uslublari, strategiyalari va futbol falsafasini o'rganadilar. Bu esa nafaqat texnik va jismoniy mahoratni, balki psixologik tayyorgarlik va taktik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yosh futbolchilar o'zlariga yangi muhit va yangi raqobatchilar bilan duch kelish orqali o'z ustida ishlashga, o'zlarini sinovdan o'tkazishga va doimiy ravishda o'z mahoratlarini oshirishga intilishadi. SHuningdek, xalqaro musobaqalarda ishtirok etish ularga futbol sohasidagi eng yaxshi amaliyotlarni o'zlashtirish, yangi do'stlar va hamkorlik aloqalarini o'rnatish imkonini beradi.

Bunday tajribalar orqali yosh futbolchilar kelajakda xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatishga tayyor bo'ladilar. Natijada, ular o'z faoliyatlarida yuqori saviyadagi futbolchilar darajasiga chiqib, o'z klublarini va yurtlarini yuksak darajada ifodalash imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Janubiy Koreya klubi delegaciyasining yurtimizdagi uch kunlik safari 5-8 noyabr kunlariga  mo'ljallangan. «CHonnam Dragons» klubi vakillari 7 noyabr kuni O'zbekiston Superligasining 24-tur doirasidagi OKMK FK — «Olimpik» uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib borishdi.

Malumot uchun, tomonlar hamkorlik kelishuviga muvofiq nazarda tutilgan loyihalar 2025 yilgi futbol mavsumidan boshlab amaliyotga tadbiq etiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика