So’nggi yangiliklar

15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  7 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7

OKMK FK va Qirg'iz Respublikasi akademiyasi o'rtasida memorandum imzolandi Yangiliklar

OKMK FK va Qirg'iz Respublikasi akademiyasi o'rtasida memorandum imzolandi

Teglar :  OKMK
OKMK FK rahbariyati va futbol akademiyamizning U 17 jamoasi tarbiyalanuvchilari qo'shni Qirg'iz Respublikasining Osh shahriga tashrif buyurishgandi.

So'nggi yillarda ikki mamlakat o'rtasida o'zaro hamkorliklar jadallashib, juda ham iliq munosabatlar o'rnatilmoqda. Hamjihatlikning amaliy ko'rinishini sportning futbol sohasida ham amalga oshirish maqsadida Osh shahridagi Asilbek Momunov nomidagi futbol akademiyasi va OKMK futbol klubi o'rtasida hamkorlik o'rnatildi. Yaqindagina bu ikki tomon Olmaliq shahrida norasmiy uchrashuv o'tkazishgan edi. Asilbek Momunov nomidagi futbol akademiyasi rahbariyati taklifiga ko'ra, vakillarimiz 2-3 avgust kublari Osh shahrida bo'lishdi.


Bugun kunning birinchi yarmida OKMK va A.Momunov futbol akademiyalarinibg U-17 tarbiyalanuvchilari o'rtasida xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Qiziqarli kechgan bahsda OKMK tarbiyalanuvchilari Qirg'iz Respublikasidagi tengqurlaridan 4:2 hisobida ustun kelishdi.


Xalqaro uchrashuvdan keyin ikkala tomon rahbariyati o'rtasida rasmiy uchrashuv tashkil qilinib, unda uzoq yillik hamkorlik uchun memorandum imzolandi. Unda OKMK FK bosh direktori Bahodir Mirzaev va bosh direktorning bolalar va o'smirlar futboli bo'yicha o'rinbosari Denis Xomutov, Asilbek Momunov nomidagi futbol akademiyasi direktori Timur Abdullaev va akademiyaning avstriyalik texnik direktori Iskander Izchaqar, shuningdek ikkala tomonning boshqa vakillari ishtirok etishdi.


O'ylaymizki, imzolangan memorandum uzoq yillar davomida bu qordosh mamlakatlar hamkorliklari doirasida, xususan futbolida ham hamkorlik loyihalarini yangi bosqichga olib chiqadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика