So’nggi yangiliklar

01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  1 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  23 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2

OKMK - "Eyr Fors" uchrashuvi haqida. Qosimov va OKMKda yagona ishonch chiptasi qoldi (tahlil) Yangiliklar

OKMK - "Eyr Fors" uchrashuvi haqida. Qosimov va OKMKda yagona ishonch chiptasi qoldi (tahlil)

Kecha Olmaliq shahrida tarixiy kun bo'ldi. OKMK jamoasi ilk bor o'zida OCHLni qabul qildi.

Aftidan raqib nom jihatdan kuchsizdek ko'ringan, doskada mag'lub etib bo'lingandi. Ammo Qosimov o'yindan avval aytganidek maydonda futbolchilar to'p tepdi. Bunda esa "Eyr Fors" to'p teparlari ustun keldi. 

O'yinga hujumkor uslubni tanlagan OKMK

Mirjalol Qosimov o'yinga hujumkor uslubni tanladi. OCHLning ilk turida 3 nafar markaziy himoyachi bilan maydonga tushgan OKMKning mudofaa chizig'ida bugun 2 markaziy himoyachi Rahmonov va To'xtaxo'jaev juftligi harakat qildi. Qanotlarda Gadoev va Ahmadaliev o'rin oldi. Yarim himoyada Sanjar Tursunov, Oybek Rustamov, oldingi chiziqda Xurshid G'iyosov, Siyavash Haqnazariy, Ruben Sanches, Mirjahon Mirahmadov to'p tepdi. Umuman tarkib to'liq hujumkorlikka qaratildi. Bunga javoban "Eyr Fors" murabbiyi Ayub Odisho 3 nafar markaziy himoyachi, 2 nafar loteral, 3 nafar yarim himoyachi va 2 nafar hujumchi xizmatidan foydalandi. 


19 yoshli iroqlik vunderkind yana gol urdi 

Uchrashuvdan avval xavfli ko'rilgan va hujumdagi asosiy fishkasi bo'lgan 2004 yilda tug'ilgan Ali Jasim ikkinchi turda ham maydonni golsiz tark etmadi. 2 daqiqada himoyachilarning to'p uzatishidagi xatosidan so'ng to'pni ilib olgan Jasim tezkor harakat bilan oldinga o'tdi va aniq zarba yo'llab hisobni ochdi. "Sepaxon" bilan kechgan ilk turda ham o'yindagi birinchi gol aynan u tomonidan urilgan va 88-daqiqada dubli bilan jamoasini mag'lubiyatdan saqlab qolgandi. Yozda "Antalyaspor"ga o'tgan futbolchining omadi kelmadi shekilli OCHL bahslari oldidan "Eyr Fors" safiga kelib qo'shildi. OCHLda shunday gollar urib tursa, unga "sovchilar" yana ko'payishi aniq. 


Kech uyg'ongan OKMK

OKMK yaqin orada bu darajada yomon o'yin ko'rsatganini, harakatlari qovushmaganini eslay olmayman. Haqiqatdan ham juda va juda yomon o'ynadi. Bilmadim xuddiki "Eyr Fors" emas, OKMK tayyorgarliksiz maydonga tushib kelgandek taassurot qoldirdi.  Tezkor gol urib olgan "Eyr Fors" raqibining oxirgi pasini yaxshi bloklay oldi. Himoyachilar imkoniyat qoldirmadi. OKMKning o'yindagi ilk aniq zarbasi ham 45+1 daqiqaga kelibgina amalga oshirildi. "Eyr Fors" ham bitta aniq zarba berdi va o'sha gol bo'ldi. 

Birinchi bo'limda Ali Jasim ancha muammo tug'dira oldi. Aynan xaritada ko'rsatilgan o'ng qanotdan "Eyr Fors" ko'proq oldinga o'tishga harakat qildi. 

Ikkinchi bo'limning ikkinchi daqiqasida OKMK yana tezkor gol o'tkazib yubordi. Jarimadan Muhammad Qosimning yo'lllagan zarbasini Valijon Rahimov qaytardi. Qaytgan to'p Franko orqali Tursunov tegib darvozadan joy oldi. Bu esa ikkinchi bo'limga alamli kayfiyatda maydonga tushgan OKMKning yarasiga tuz sepgandek bo'ldi, deya olaman. 70-daqiqalardan so'ng "konchilar" hujumlar sonini oshirishni boshladi va ustunlikni qo'liga oldi. Akrom Komilovning maydonga tushirilishi esa qanotlardagi tezlikni oshirdi. Akrom qanotga, Haqnazariy esa markazga hujum nuqtasiga ko'chdi. SHuning natijasida OKMK o'yindagi birinchi to'pini kiritdi. So'nggi 10 daqiqalik to'laligicha mezbonlarga ataldi. Qosimovning zarbasi golga aylanishiga iroqlik posbon yo'l qo'ymadi. Mana shu agrresivlik, hujumlardagi faollik birinchi bo'limda ko'ringani yo'q. Birinchi bo'limga nisbatan "konchilar" raqib darvozasiga 6ta zarba yo'lladi, 4tasi aniq bordi. To'p nazoratida ham ustunlikka ega bo'ldi, 60/40. 

Ikkinchi bo'lim tasviri. Qanotlar ancha faol bo'ldi va keskinlikni yuzaga keltira oldi. Komilov o'yinga temp qo'shdi. 

Himoya va darvozadagi barqarorsizlik 

Bugungi kunda OKMKning eng zaif nuqtasi himoya ekanligi barchaga ayon. Jamoa OCHLda 2ta o'yinda 5ta, Superligada 2ta o'yinda 6ta gol o'tkazib yubordi. Bu mavsum chempionat uchrashuvlarida 20ta o'yinda 29ta to'p olib chiqdi. Mazkur faktor taraflama liganing eng yomon 3 jamoasi bo'lib turibdi. Bu 2019 yildan keyingi eng yomon ko'rsatkich hisoblanmoqda. 

2023 yil. 20ta o'yin 29ta gol

2022 yil. 26ta o'yin 23ta gol 

2021 yil. 26ta o'yin 25ta gol

2020 yil. 26ta o'yin 28ta gol 

2019 yil. 26ta o'yin 37ta gol


Qosimov va OKMKda birgina ishonch chiptasi qolgan

O'zbekiston kubogi jamoaga mavsumni sovrin bilan yakunlash uchun asosiy umid uchquni bo'lib turibdi. Jamoa kubok bilan mavsumni yakunlasa, keyingi yil xalqaro maydonda ishtirok eta olishi mumkin. 

OKMK bundan yuqori plankaga ko'tarila olmaydi. Bori shu, bo'lgani shu, tamom. 2020, 2021 yil Qosimovning OKMKda zabt etgan cho'qqisi bo'ldi. Keyingi yildan natijalar pasayishni boshlaganiyoq signal edi. Bu mavsumda hattoki kuchli to'rtlik va ayni paytda egallab turgan o'rnini ham kafolatlagani yo'q. CHunki "Surxon" etib oldi, "Andijon" 2, "Bunyodkor" 4 ochkoga ortda qolyapti. OCHLda esa bu 2 mag'lubiyat imkoniyatlarni pasaytirdi. SHunday ekan mavsumni yaxshi yakunlash uchun bitta yo'l qoldi - O'zbekiston kubogini qo'lga kiritish. 

2020 yil - bronza

2021 yil - bronza

2022 yil - to'rtinchi o'rin

2023 yil - beshinchi o'rin (mavsum hali tugamadi)

OKMKning bugungi ustozi 2015 yil terma jamoadan istefoga chiqqan va 2 yil davomida hordiq olib, tanaffus qilgandi. 2017 yil "Bunyodkor"ga qaytgan Qosimovda nimadir ko'zga tashlangan, ishga chanqoqlik bor edi. O'sha yili "qaldirg'ochlar"ni 12 o'rindan 4 o'ringa olib chiqqan. 2018 yil bronza medallari naqd qilingan joyda Simonenko muammosi, klubning yopib yuborilishi mojarolari ostida 4 o'rinda mavsumni yakunlagandi. Aytmoqchimanki, tanaffus qisman bo'lsada o'shanda foydaga ishlagandi. 

To'g'ri OKMK Qosimov bilan bronza medallariga ega chiqdi, OCHL guruh bosqichiga ikki bor yo'llanma oldi. Lekin bu bilan to'xtab qolish to'g'rimi? Velosiped ixtiro qilib bo'lingan, uni rivojlantirish kerak deganlaridek OKMK o'zi uchun tarix yaratib bo'ldi, sovrinli o'rinlarni egalladi. Endi oldinga qarab rivojlanish kerakmasmi?

O'zbekiston kubogi yarim finalida OKMK "Navbahor" bilan o'ynaydi. Qosimov so'nggi imkoniyatdan foydalana oladimi?

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика