OKMK etakchilaridan biri jamoani tark etdi
01 dek 2025 09:17
Yangiliklar
OKMK etakchilaridan biri jamoani tark etdi
So'nggi uch mavsumni OKMKda o'tkazgan Oybek Rustamov jamoani tark etdi.
Transfer huquqi "Qo'qon-1912" jamoasiga tegishli bo'lgan futbolchi yangi mavsumni olmaliqliklarda o'tkazmaydigan bo'ldi. Kechagi "Mashal"ga qarshi uchrashuv futbolchi uchun OKMK safidagi so'nggisi bo'ldi.
Shuningdek, 2021 yildan beri OKMK safida to'p surib kelgan Akram Komilov ham olmaliqliklar bilan xayrlashdi.
Malumot uchun, Komilov OKMK safida jami 118 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va yana 12 ta golga assistlik qilgan. Rustamov esa 3 yil ichida OKMK safida 96 ta bahsda maydonga tushib, 6 tadan gol va assist qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Rustamov kelasi mavsumni "Nasaf"da o'tkazishi haqida xabarlar tarqalgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar