So’nggi yangiliklar

15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  0 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  7 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3

Coca Cola Superligasi. OKMK "Buxoro" ustidan irodali g'alabaga erishdi va 4-o'ringa chiqib oldi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. OKMK "Buxoro" ustidan irodali g'alabaga erishdi va 4-o'ringa chiqib oldi

Teglar :  "Buxoro"OKMK
OKMK hamda "Buxoro" o'rtasidagi Superliganing 12-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.


OKMK - "Buxoro" 3:1

Hakamlar: Komiljon Rasulov, Husniddin Baxodirov, Oybek Kalaxo'jaev, To'rabek Suyunov.

VAR hakami: Ahrol Risqullaev.

AVAR hakami: Andrey Capenko.

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev.

Komissar: Sardor Qudatullaev.

Gollar: Humoyunmirzo Iminov 11, - 0:1 (Aleksandr Kasyan). Martin Boake 35, - 1:1. Anzur Ismoilov 68, - 2:1 (Sanjar Tursunov). Siavash Haqnazari 83, - 3:1 (Muhammadanas Hasanov).

OKMK: 1.Botirali Ergashev, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov (4.Mirjamol Qosimov, 87), 8.Abdulla Abdullaev, 9.Ruben Sanches (14.Mirjahon Mirahmadov, 59), 10.Xurshid G'iyosov, 11.Irakli Ruxadze (19.Muhammadanas Hasanov, 59), 17.Sanjar Tursunov (13.Eldorbek Begimov, 75), 27.Martin Boake (15.Oybek Rustamov, 75), 29.Vitaliy Denisov, 88.Siavash Haqnazari.

Zaxira: 12.Dilshod Yoqubov, 2.Akramjon Komilov, 44.Muhammad Ali Salim.

"Buxoro": 20.Sardor Qobuljonov, 5.Dilshod Jo'raev, 9.Aleksandr Kasyan (22.Ro'zimboy Ahmedov, 74), 10.Xumoyunmirzo Iminov, 15.Obid Jo'raboev, 17.Jamoliddin Ubaydullaev (24.Sardor Izzatov, 86), 25.Abbos Otaxonov, 70.Aleksandr Stanisavlevich (77.Fayzullo Jumanqo'ziev, 86), 80.Farruh Ibrohimov, 91.Asiljon Begimqulov (6.Bekzod Kamolov, 86), 99.Javohir Ro'ziev (88.Vsevolod Nixaev, 30).

Zaxira: 1.Amon Bakaev, 14.Rustamjon Abduhamidov, 28.Sohib Muhammadiev, 29.CHingizxon Qodirov, . 

Ogohlantirishlar: Abdulla Abdullaev 6, Dilshod Jo'raev 32, Sardor Qobuljonov 35, Asiljon Begimqulov 48.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+3. O'yin tugadi. OKMK - "Buxoro" 3:1

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

87. O'zgarish. OKMK. Ismoilov o'rniga Qosimov tushdi

86. O'zgarishlar. "Buxoro". Ubaydullaev, Begimqulov va Stanisavlevich o'rniga Izzatov, Kamolov va Jumanqo'ziev tushdi

83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SIAVASH HAQNAZARI 3:1. G'iyosov to'pni Hasanovga uzatdi, Hasanov esa jarima maydoni yaqinidagi Siyani "ko'rdi", eronlik futbolchi osongina gol urdi - 3:1. 




83. ZARBAAAAA! "Buxoro"dan xavfli hujum, Ubaydullaevning yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan keyin Ergashev to'pni qaytardi!

78. Xavfli zarba! Siyavash jarima maydoni ichida bir raqibni aldab zarba berdi, noaniq

75. O'zgarishlar. OKMK. Tursunov va Boake o'rniga Begimov va Rustamov tushdi

74. O'zgarish. "Buxoro". Kasyan o'rniga Ahmedov tushdi

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ANZUR ISMOILOV 2:1. Burchakdan Tursunov uzatgan to'pni Anzur boshi bilan darvozaga yo'lladi!

67. UXXXX! Anzur Ismoilov jarimadan uzatilgan to'pni darvoza tomon uzatdi, Obid Jo'raboevga tekkan to'p maydonni tark etdi!

61. ZARBAAAAAAAAA! Hasanovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Qobuljonov to'pni qaytardi, Mirahmadov qaytgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi! 

59. O'zgarishlar. OKMK. Ruben Sanchez va Ruxadze o'rniga Mirahmadov va Hasanov tushdi

59. ZARBAAA! Boake yana birga bir vaziyatga chiqdi va zarba berdi, Qobuljonovdan seyv!

57. UXXXX! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Boake darvozaga yo'lladi, noaniq!

53. ZARBAAAAAAAA! Boake ham birga bir vaziyatdan gol ura olmadi, uning zarbasi biroz noaniq ketdi!

52. ZARBAAAAAAAA! Kasyan birga bir vaziyatdan gol ura olmadi, Ergashevdan seyv!

48. Ogohlantirish. "Buxoro". Asiljon Begimqulov

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+3. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:1

45+2. Boake hujumda Qobuljonov bilan to'qnashib ketdi, shifokorlar "Buxoro" posboniga yordam ko'rsatishmoqda

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

43. OKMKda burchak to'pi, oshirilgan to'pni Rahmonov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

35. Ogohlantirish. "Buxoro". Sardor Qobuljonov

35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MARTIN BOAKE! 1:1. Sardor Qobuljonov qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va Boake bundan foydalanib ketdi! 




34. Xavfli vaziyat, bo'lishi mumkin edi. OKMKning hujumi va Ruben Sanchez qarshisida qolgan so'nggi himoyachini alday olmadi!

32. Ogohlantirish. "Buxoro". Dilshod Jo'raev

30. O'zgarish. "Buxoro". Ro'ziev o'rniga Nixaev tushdi

21. ZARBA! Siyavashning zarbasidan keyin Qobuljonov to'pni qaytardi!

11. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! HUMOYUNMIRZO IMINOV! Kasyandan to'pni qabul qilib olgan Iminov jarima maydoni ichida bir raqibni aldab zarba berdi, to'p rikoshet hosil qilib darvozaga kirib ketdi - 0:1.



6. Ogohlantirish. OKMK. Abdulla Abdullaev

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика