OKMK BAAdan qaytdi
05 fev 2024 12:25
Yangiliklar
OKMK BAAdan qaytdi
OKMK joriy yilning ilk xorij yig'inida Birlashgan Arab Amirligida 20 yanvardan 3 fevralgacha o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi.
"Ushbu 14 kunlik o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab, 3 fevral kuni qaytgan jamoamizga uch kunlik qisqa tatil berildi.
SHundan so'ng OKMK futbol jamoasi 7 fevral kuni erta tongdan Antaliya yig'iniga jo'nab ketadi.
Ikki hafta (7 fevral – 21 fevral) davomida Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga qizg'in taraddud ko'radigan OKMK yig'in doirasida bir nechta nazorat o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo'lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil malumot beriladi", – deyiladi olmaliqliklar xabarida.
OKMK BAA yig'inida "Baniyas" (BAA) bilan 1:3, "CHonbuk" (Koreya) jamoasiga 0:1 hisobida yutqazgan bo'lsa, "Xatta" (BAA) bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar