So’nggi yangiliklar

00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  0 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  0 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  1 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  1 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  5 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  0 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  7 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1 19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  6 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0

OCHL. "Al Ittihod" Hamdallahning dubli evaziga OKMKni safarda mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

OCHL. "Al Ittihod" Hamdallahning dubli evaziga OKMKni safarda mag'lubiyatga uchratdi

OKMK hamda "Al Ittihod" o'rtasida o'tkaziladigan OCHL guruh bosqichining 5 -tur o'yini yakunlandi.

OKMK - "Al Ittihod" 1:2

Gol: 0:1 — 30, Hamdallah, 0:2 — 34, Hamdallah, 1:2 — 78, Boake.

OKMK: 25.Valijon Rahimov, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 3.Sardor Rahmonov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 2.Akramjon Komilov, 15.Oybek Rustamov (18.Baxtiyorjon Qosimov, 27 (19.Muhammadanas Hasanov, 79)), 4.Mirjamol Qosimov (24.Murat Ermatov, 79), 88.Siavash Haqnazariy (14.Mirjahon Mirahmadov, 79), 17.Sanjar Tursunov, 27.Martin Boake, 10.Xurshid G'iyosov, 29.Vitaliy Denisov (23.Iskandar Businov, 88).

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 12.Dilshodbek Yoqubov, 38.Sirojiddin Bashriddinov, 39.Asadbek Umirzoqov, 40.Jahongir Fozilov.

"Al Ittihod": 1.Al Mayuf, 5.Luis Felipe, 15.Hassan Kadesh, 28.Ahmed Bamasud, 13.Al SHankti, 16.Al Gamdi, 8.Fabino, 77.Saloh Al Amri (24.Abdulrahmon Alobud, 74), 11.Jota (25.Suvaylem Almanhali, 86), 99.Hamdallah, 9.Karim Benzema.

Zaxira: 88. Osama Mubaraka, 4.Omar Ibrohim, 52.Talal Abubakr, 70.Harun Mussa Kamara.

Ogohlantirish: Baxtiyor Qosimov (45+3)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

86. Mirahmadovning zarbasi raqib himoyachisiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

83. Xavfli vaziyat! Rahimov 1-2 masofadan raqib futbolchisining zarbasini qaytarib, jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi!

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Martin Boake hisobni qisqartirdi!

Bugungi uchrashuvni 10177 nafar tomoshabin stadiondan kuzatmoqda ekan.

76. Baxtiyor Qosimovning jarimadan uzatmasi to'g'ri mehmonlar posbonining qo'liga borib tushdi.

74. "Al Ittihod" tarkibida o'zgarish: Abdulrahmon Alobud Saloh Al Amrini almashtirdi.

72. OKMKning navbatdagi hujumi ham samarasiz yakunlandi, Denisovning uzatmasi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

67. Mehmonlarda yana bir xavfli vaziyat yuzaga keldi. Yaxshiyamki, Hamidallah qanotdan oshirilgan to'pga bosh bilan zarba yo'llay olmadi.

65. "Al Ittihod" burchak zarbasi Al Amrining zarbasi bilan yakunlandi, biroq noaniq ko'rinish oldi.

63. Hamdaalahning zarbasini Rahimov qaytardi, ungacha esa Boake hujumda shikastlandi.

61. Benzema markazdan to'pni qabul qilib oldi va uni to'xtatmasdan zarba yo'lladi, zarba noaniq ko'rinish oldi.

60. Xavfli vaziyat! Qosimovning burchakdan uzatgan to'pi raqib darvozasidan o'rin olishi mumkin edi, uzatma aralash zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

58. Mehmonlarning hujumida yana OKMK posboni chaqqonlik namoyish etdi, ammo raqib hujumchisi ofsaydda ham qolgan ekan.

56. OKMKda xavfli vaziyat yuzaga keldi. O'ng qanotdan oshirilgan to'pga mezbonlardan hech kim eta olmadi.

54. Mehmonlar ketma-ket hujumlar natijasida burchak to'pi ishlab olishdi, biroq ushbu standart mezbon himoyachilari tomonidan bartaraf etildi.

50. Benzema raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo u tomon uzatilgan to'pga birinchi bo'lib Rahimov ulgurdi.

47. ZARBA! Benzema aylanma zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

47. Tursunovdan zarba! Raqib posboni bir amallab to'pni qaytardi. OKMK birinchi bo'limdagi singari ikkinchisini ham faollik bilan boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. Baxtiyor Qosimov Fabinoga nisbatan qo'pol harakat uchun ogohlantirildi.

45+1. ZARBA! G'iyosovning aylanma zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

40. OKMK futbolchilari xavfli hujum tashkillashtirdi va vaziyatni zarba bilan yakunladi. Ammo Al Mayuf ishonchli harakat qildi.

38. Benzema o'yindan tashqari holatda bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

34. GOL! Qanotdan boshlangan hujum markazga ko'chishi natijasida Hamdallah hisobdagi farqni oshirdi.

33. Mezbonlar standart vaziyatga ega chiqishdi deb turgan joyimizda hakam o'yin qoidasi buzilmaganini qayd etdi.

30.GOL! Hamdallah raqib himoyachisidan qochib ketib, Rahimovning oyoqlari orasidan to'pni o'tkazishga muvaffaq bo'ldi.

27. Majburiy o'zgarish: jarohat olgan Oybek Rustamov o'rniga Baxtiyorjon Qosimov maydonga tushirildi. 

25. Al Amrining zarbasi xavfli ko'rinish oldi, ammo noaniq.

21. Ahmadaliev bugun ancha faol. Uning o'ng qanotdan uzatmasi xavfli ko'rinish oldi, biroq raqib qarshi hujumi undan-da xavfliroq tus oldi. 

18. Rahimov chaqqonroq harakat qilib, raqib futbolchisining to'pga ega chiqishiga yo'l qo'ymadi.

13. Benzema chap oyoqda o'z omadini sinab ko'rdi, OKMK posboni o'z o'rnida.

9. Boake raqib jarima maydonida yiqitildi, hakam esa o'yinni davom ettirish lozimligini uqtirdi.

8. Denisovning zarbasi biroz noaniq ko'rinish oldi.

6. Boake o'z iqtidorini namoyish etishi mumkin edi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi. Agarda u mohirona harakat qilganda, saudiyaliklar bilan birga ketib qolarmidi...

3. Mezbonlarda xavfli vaziyat yuzaga keldi. Tursunovning o'ng qanotdan uzatgan to'pni raqib himoyachisi bartaraf etdi. Burchak to'pi esa Boakening zarbasi bilan yakunlandi. 

2. ZARBA! Mehmonlarning ilk hujumi zarba bilan yakunlandi. Rahimov o'z o'rnida.

1. Uchrashuv boshlandi. Poytaxtdan Olmaliqqa etib kelgunga qadar nechta "probka"ga duch kelgan bo'lsak, OKMKdan shuncha gol kutib qolamiz! 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun mezbonlar to'q ko'k, mehmonlar oq rangli libosda harakat qiladi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Birozdan so'ng Osiyo CHempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan OKMK — "Al Ittihod" uchrashuvi guvohiga aylanamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика