So’nggi yangiliklar

08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  0 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3

Okampos tibbiy ko'rikka etib kelgan bo'lsada, "Ayaks" 20 mln evro to'lash niyatida emas Yangiliklar

Okampos tibbiy ko'rikka etib kelgan bo'lsada, "Ayaks" 20 mln evro to'lash niyatida emas

"Sevilya" yarim himoyachisi Lukas Okamposning "Ayaks"ga transferi amalga oshmay qolishi mumkin.

"De Telegraaf"ning xabar berishicha, klublar xavbekning transferini 20 mln evroga kelishgan, ammo keyin "Ayaks" rahbariyati bu summani ko'proq deb hisoblagan. SHuningdek, klub Okamposning o'ziga ham u qadar katta maosh to'lash niyatida emas. SHu sababli "Ayaks" bugun tongda transferdan voz kechdi.

"Ayaks"dagi manbalarning xabar berishicha, futbolchi Amsterdamga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun etib kelib ulgurgan, lekin muzokaralardagi o'zgarishdan xabar topgach, Sevilyaga qaytib ketgan.

Bu vaziyat "Ayaks" ustozi Alfred Sxroyder uchun ham kutilmagan zarba bo'ldi. Mutaxassis Antonining "Manchester Yunayted"ga transferiga qarshi edi va klub qaroridan qattiq norozi bo'ldi. Okampos braziliyalik futbolchiga sifatli o'rinbosar bo'lardi.

Keyin esa "Sevilya" Okamposni arzonroqqa sotishga tayyorligi, sababi ispanlarga Adnan Yanuzay transferi uchun pul kerakligi malum bo'ldi. Natijada, "Sevilya" "Ayaks"ga Okamposni 15 mln evroga sotib olishni taklif qildi.

Yaqin soatlar ichida "Ayaks" rahbariyatining bu masaladagi yakuniy qarori malum bo'ladi. 

O'tgan mavsum Okampos 42 o'yinda 9 gol urib, 6 ta samarali uzatma berdi. Bu mavsum Lukas La Liganing uch o'yinida maydonga tushdi va samarali harakatlar qayd etmadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика