So’nggi yangiliklar

23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  0 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  3 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  1 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  13 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  6 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  48 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0

O'zbekiston Tailandni mag'lub etib, guruh peshqadami sifatida Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

O'zbekiston Tailandni mag'lub etib, guruh peshqadami sifatida Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Osiyo Kubogi 3-saralash bosqichi 3-turi doirasidagi O'zbekiston – Tailand bahsi yakunlandi.


O'zbekiston – Tailand 2:0

"Markaziy" stadioni, Namangan. 20.30

Bosh hakam: Hasan Akromi (Eron)

Qanot hakamlari: Hassan Zeheyri, Farhod Moravveji (ikkisi – Eron)

To'rtinchi hakam: Masud Tufaylieh (Suriya)

Gol: Masharipov, 8 (1:0), Turg'unboev, 23 (2:0)

O'zbekiston: 12.O'tkir Yusupov, 8.Dilshod Saitov, 2.Umarbek Eshmurodov,  5.Rustam Ashurmatov,  4.Farruh Sayfiev,  7.Otabek SHukurov, 9.Odil Hamrobekov, 19.Azizbek Turg'unboev, 10.Jaloliddin Masharipov, 21.Igor Sergeev, 14.Eldor SHomurodov (s)

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 16.Valijon Rahimov, 3.Hojiakbar Alijonov, 13.Islomjon Qobilov, 18.Abdulla Abdullaev, 15.Oston O'runov, 6.Sardor Sobirxo'jaev, 17.Doston Hamdamov, 22.Oybek Bozorov, 20.Azizbek Amonov, 11.SHerzod Temirov

Tailand: 23.Sivarak Tedsungoen, 2.Sasalan Haipraxon, 4.Pansa Hemvibun, 15.Tanabun Kesarat, 19.Tristan Do, 3.Tiraton Bunmatan, 6.Sarach Yuyen, 8.Zitifan Puangjan, 11.Bordin Fala, 16.Fitivat Sukjitzammakul, 17.CHayavat Srinavong

Zaxira: 1.Kavin Zamsatchanan, 20.Kittipong Fuzavchuek, 5.Jakkapan Praisuvan, 7.Pakorn Parmpak, 9.Adisak Kraisorn, 10.Tirasil Dangda, 12.Vorachit Kanitsribumfen, 13.Sufanan Burirat, 14.Pazompon CHaroentannanapirom, 18.Virazap Pompun,  21.Pirapat Notchaiya, 22.CHaovat Virachart


YANGILASH


90+3. Oston O'runovning goli inobatga olinmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. Temirov ham oyog'imga to'p tegsin deya uzoqdan zarba yo'lladi, to'p darvoza to'rini bezovta qilishni istamadi.

84. Sayfievning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, burchak to'pi ishlab olindi.

83. SHomurodov maydonni tark etdi, Temirov maydonga tushirildi.

82. Qizining tug'ilgan kunida SHomurodovning "ketmoni uchmadi".

79. Saitovning dastidan Eshmurodov qarshi hujumni to'xtatib, sariq kartochka bilan jazolanishga majbur bo'ldi.

78. Oybek Bozorov yiqitildi. Standart vaziyat.

76. O'runov tovoni bilan chap qanotdagi zaxirada turgan sheriklariga to'p uzatdi. Aut.

21405 nafar muxlis bugungi uchrashuvga tashrif buyurdi.

72. Bozorov SHomurodovga to'pni uzatishda muxlislarning qo'shtirnoq ichidagi so'zlariga monand harakat qildi.

70. SHomurodov Sardor Sobirxo'jaevga pas berdi, biroz aniqlik etishmadi, aks holda hisob yirik ko'rinish olishi mumkin edi.

68. Xavfli vaziyat! SHomurodovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

67. Zitifan Puangjan raqibga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

66. O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish: Oston O'runov va Sardor Sobirxo'jaev maydonga tushirildi, Igor Sergeev va Jaloliddin Masharipov o'yinni tark etdi

61. Masharipov qulay vaziyatda turgan SHomurodovga pas bermasdan fint ishlatishni maqul ko'rdi, oqibatda to'p oldirildi.

60. SHukurov olisdan sherigi Sayfievning oyog'ini nishonga oldi.

58. Tailandlik futbolchining o'ng qanotdan uzatmasidan so'ng Yusupov "magnit"ini ishga soldi va to'p uning qo'llaridan o'rin oldi.

55. Otabek SHukurov ogohlantirildi.

53. Tailand hujumchisi Ashurmatovdan qochib ketib, Yusupov bilan yuzma-yuz keldi, uning mo'ljali yana darvoza to'riga qaratilmagani malum bo'ldi.

51. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: Turg'unboev o'rniga Oybek Bozorov o'yinga qo'shildi.

50. Masharipovning zarbasi o'zi o'ylaganchalik kuchli chiqmadi, raqib posboni to'pni ter to'kmasdan ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim start oldi.

46. Tailandda bir emas, ikki emas, uch ham emas, naq to'rt o'zgarish ro'y bermoqda: Pirapat Notchaiya, Sufanan Burirat, Pakorn Parmpak va Pazompon CHaroentannanapirom maydonga tushirildi, Sasalan Haipraxon, Tiraton Bunmatan, CHayavat Srinavong hamda Tristan Do maydonni tark etdi.

Dastlabki taym yakunlandi. Tanaffus.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shimcha vaqt etarli deb hisoblandi.

45. Sergeev raqib darvozasi bilan birga-bir vaziyatda Tedsungoenni xafa qilishni istamadi hamda to'pni to'g'ri uning qo'llariga hadya qildi.

43. Xavfli vaziyat! Sarach Yuyen chap qanotdan yorib kirdi hamda kuchli zarba yo'lladi, yaxshiyamki baxtimizga darvozamiz eni 7 metrdan ortiq emas.

42. Masharipovning chap qanotdan Sayfiev tomon uzatmasi tomoshabinlarning "hey" deyishiga sabab bo'ldi.

40. Raqib futbolchisi markaziy yarim himoyachimizning o'tib ketganini "ko'rolmadi" va unga erga ag'anatdi.

37. Sergeev ham o'zining borligini ko'rsatib qo'ymoqchi edi, biroq unga uzatilgan to'pni raqib darvozaboni o'zlashtirib oldi.

36. Turg'unboev himoya qo'rg'onida to'pni tepib yuboraman deb, havoga zarba berdi, natijada jarima zarbasi belgilandi (chunki to'pni uzoqlashtirishdan avval Azizbekka nisbatan raqibar fol ishlatishgandi).

34. Sayfievning chap qanotdan uzatmasiga sherigi etishi uchun kamida 3 metrli qaddi-qomatga ega bo'lishi kerak. 

32. Turg'unboevning chap oyoqda yo'llagan zarbasi raqib himoyachisidan yarim metr ham nariga o'tmadi, uning yonida turgan Masharipov esa pas kelmaganidan darg'azab bo'ldi.

31. Tailandliklarning hujumi xomush smaylik belgisini qo'ysa bo'ladigan darajada yakun topdi.

28. Tailandliklarda standart vaziyat yuzaga keldi, uzatma zarbaga aylanib ketdi, ammo to'p mo'ljaldan etarlicha balandlik tomon yo'l oldi.

27. SHomurodov yana raqibdan qochib ketishga harakat qildi, raqib mudofaachilari bunga yo'l qo'ymadi.

23. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Yana SHomurodov assist rolida, bu safargi gol muallifi Azizbek Turg'unboev!!!

20. SHomurodov bir raqibini aldab o'tdi, ikkinchisiga kelganda kuchi etmadi.

17. Biroz avval tibbiy yordam ko'rsatilgan Masharipov endi raqibiga ham shunday yordam ko'rsatishga arzirli harakat qildi.

14. Tailandlik futbolchi chap qanotdan oldinga intilgandi, Umarbek Eshmurodov unga yo'l bermadi hamda to'pni qizg'in qo'llab-quvvatlayotgan muxlislar tomon yshlladi.

12. Turg'unboev markazda Masharipovning ajoyib uzatmasini to'xtatishda futbolga endigina kelgan bolakayning harkatini amalga oshirdi.

10. SHomurodov hozirgina o'zgargan tablodagi raqamlarni yana o'zgaritirishi mumkin edi, u qanotdan uzatmani xohlaganidek qabu l qilolmadi hamda zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

8. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! SHomurodovning uzatmasidan so'ng Masharipov to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

4. Eldor SHomurodov raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi, u tibbiy yordamga muhtoj.

3. Turg'unboev o'ng qanotdan oldinga borayotganda yiqitildi, hakam qoida buzilmaganini takidladi, keyinroq o'zbekistonlik yarim himoyachining o'zi qo'pollik ishlatdi.

1. Saitov SHomurodovni birga-bir vaziyatga chiqarmoqchi edi, raqib posboni to'pga peshvoz chiqib, uni egallab oldi.

1. O'zbekiston terma jamoasi uchrashuvni boshlab berdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Terma jamoamiz o'yinoldi so'nggi mashg'ulotini o'tkazmoqda.

Avvalroq O'zbekiston MTJ bugun uchrashuvni to'liq oq libosda o'tkazishi malum bo'lgandi. Bahsni Hasan Akrami boshchiligidagi eronlik hakamlar boshqaradi.

Assalomu alaykum, futbol ishqibozlari!

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика