OK-2015. Melburnda o'rtacha to'rttadan gol urilmoqda
15 jan 2015 12:54
Yangiliklar

OK-2015. Melburnda o'rtacha to'rttadan gol urilmoqda
Avstraliyada hisob bo'yicha 16-Osiyo Kubogi musobaqasi davom etmoqda.
18 yanvar kuni Melburn shahrida "B" guruhi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
Hozirga qadar "AAMI Park" stadionida musobaqaning uch uchrashuvi o'tkazildi.
9 yanvar kuni Avstraliya ochilish o'yinida Quvaytni 4:1 hisobida mag'lub etdi. 11 yanvarda Eron - Bahrayn bahsi ham Melburnda o'tkazildi. Unda forslar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Kechagi KXDR - Saudiya Arabistoni uchrashuvida arablar 4:1 hisobida g'alabaga erishishdi.
Demak bo'lib o'tgan 3ta o'yinda jami 12ta gol urilgan. Bu har bir bahsda o'rtacha 4tadan gol demakdir. Ertaga bu stadionda Falastin - Iordaniya uchrashuvi bo'lib o'tadi.
18 yanvardagi O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi. Bu o'yinda g'olib bo'lgan jamoa aynan shu stadionda 22 yanvar kuni chorak finalda "A" guruhida birinchi bo'lgan jamoaga qarshi o'ynaydi.
Narzulla Saydullaev
Melburn

Fikrlar