OK-2015 guruh bosqichidagi raqib - KXDR terma jamoasi ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi
03 noy 2014 10:52
Yangiliklar
OK-2015 guruh bosqichidagi raqib - KXDR terma jamoasi ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi
Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichida O'zbekiston milliy terma jamoasiga raqiblik qiladigan KXDR terma jamoasi 31 oktyabr va 2 noyabr kunlari ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
OK-2015 final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan shimoliy koreyaliklar 31 oktyabr kuni BAAning Abu Dabi shahrida Kuvayt milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Malumot o'rnida, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov raqib o'yinini o'rganish maqsadida mazkur bahsni to'g'ridan-to'g'ri stadiondan kuzatgan.
KXDR milliy terma jamoasi 2 noyabr kuni Bahraynning Riffa shahrida mezbon - Bahrayn terma jamoasiga qarshi ikkinchi yana bir o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi. Mazkur bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan. Takidlash joiz, KXDR terma jamoasi o'zining keyingi o'rtoqlik uchrashuvini 6 noyabr kuni Doxa shahrida Qatar terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. 13-16 noyabr kunlari esa KXDR terma jamoasi Xitoy Taypeyida o'tkaziladigan xalqaro turnirda ishtirok etadi.

Fikrlar