So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  2 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  7 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

O'yindan keyin Mochinov va OAV o'rtasidagi aytishuv! Yangiliklar

O'yindan keyin Mochinov va OAV o'rtasidagi aytishuv!

Tachmurod Agamurodovdan keyin OAV Aleksandr Mochinovni kutib oldi, matbuot anjumanining ikkinchi qismi ham juda qiziq bo'ldi.
- O'yin haqida... Muxlislardan uzr so'rab qolaman. Bunday maydonda yaxshi o'yin ko'rsatib bo'lmaydi. Undan tashqari raqib asosiy etiborni himoyaga qaratib oldi va bitta qarshi hujumdan gol urdi. Afsuski chiroyli va kombinacion o'yin ko'rsatish uchun maydon bizga qarshilik qildi. SHunday bo'lsada, yigitlarga rahmat aytaman.

- Ikki jamoa bir xil maydonda to'p tepdi?
- Agar bitta jamoa himoyaga yotib olsa ikkinchi jamoaga qiyin bo'ladi. Bu umuman boshqa narsa. Biz ham himoyaga yotib olsak bo'lar edi.

- Birinchi bo'limning dastlabki 30 daqiqasida "Buxoro" yaxshi o'ynadi, ammo natija bo'lmadi.
- Konsentraciyani yo'qotib qo'ydik. SHundan keyin to'p ham o'tkazib yubordik.

(jurnalist o'zbek tilida savol beraman dedi. Mochinov o'zbek tilida,"mayli, mayli" dedi.)

- "Bunyodkor" bilan o'yinda qisqa paslar bilan o'ynadinglar. Bugun jamoamizdagi muhit yaxshi emasdek ko'rindi. Masalan Islom Xoliqov yaxshi o'ynadi jamoadoshlariga pas berdi, ammo unga hech kim yaxshi turgan vaziyatida pas bermadi. Aksincha, noqulay vaziyatda unga pas berib, huddiki safdan chiqarishni istadilar. Gol ham afsuski uning aybi bilan kirdi. Keyin OCHL uchun kurashamiz degan edingiz, hujumchilarimiz esa yo'q.
- Siz qaysi hujumchini taklif yilgan bo'lardingiz?

- SHavkat Salomovni!

- U hujumchimi?

-Baxriddin Vahobovchi, birinchi turda xet trik qildi, SHodiev bor?
- Ha, yaxshi, Vahobov o'tkan yili nechta gol urdi?

- Ikkita!
- Hujumchi ikkita gol? Jamoa axir bitta hujumchi orqali tuzilmaydiku, shuni bilasizlarmi?

- Mayli kechirasiz...
- Xo'sh?

- Tojiev o'tkan yili nechta gol urdi?
- Yaxshi, Tojievni nima uchun olganimizni bilasizmi? Unga asosiy o'yinchi sifatida qaramadik, u istagan paytda zaxiradan maydonga tushib jamoani ruhini ko'tarishi kerak edi.

- Maydon haqida aytdingiz, shu maydonda ertaroq mashg'ulot olib borsa bo'lmasmidi?
- 2 kun shu erda mashg'ulot o'tkazdik, lekin foydasi nima? Sizga "Dinamo"ni o'yini yoqdimi?

- Ular safarda o'ynashyapti...
- Nima unda biz ham himoyaga yotib olishimiz kerakmidi? Yana bir bor aytib o'taman, bu maydonda kommbinacion futbol o'ynab bo'lmaydi. Jamoaga kelsak, hech qanday muammo yo'q. Hammasi joyida.

- Keyingi o'yin amaldagi chempionlarga qarshi, bu o'yinda qanday harakat qilasizlar?
- Futbolni hujum qilib o'ynash kerak, "Paxtakor" bilan ham shunday o'ynaymiz. Boshqacha futbolni men bilmayman. To'g'ri, himoyalanish kerak. Ammo yotib olib, to'pni istagan eringizga tepib yuborish bu futbol emasda. Men futbolchilarimizga bunday o'ynang deb ayta olmayman.

- "Dinamo"da ham maydon bilan muammo bor, "Qo'qon-1912" yutib ketdi-ku?

- Siz Samarqanddagi maydonni ko'rdingizmi, alo darajada-ku!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика