So’nggi yangiliklar

16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  3 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  4 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  7 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  3 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5

Oybek Kasimovni tabriklaymiz, qutlaymiz! Yangiliklar

Oybek Kasimovni tabriklaymiz, qutlaymiz!

Ko'pchlikning yaqin do'sti, ukasi, akasi va bizga o'xshaganlarning "okasi" Oybek Kasimov bugun 34 yoshga to'ldi.
Yodingizda bo'lsa, bu kishini o'tgan yil fotogalereya orqali tabriklagandik. Bu yil nimadir original narsa o'ylab topish uchun kun bo'yi bosh qotirdim. Oxiri Oybek Omilovichning eng yaqin do'stlariga murojaat qilib, ularning har biriga qog'oz ushlatib qo'ydim. Menimcha, qiziq chiqdi-a ))

Quyida futbolchilarimizning tabriklarini ilova qilaman.

Server Jeparov: - Do'stim, Oybek! Men sizni bugungi ayyomingiz bilan chin yurakdan tabriklayman! Biz kabi futbolchilarning muvaffaqiyatida sizning ham hissangiz katta, buni hech kim inkor etmaydi. Futbolda erishgan yutuqlaringizga, kelayotgan Osiyo o'yinlari va Rioda bo'lib o'tadigan Olimpiadada ham erishishingizga tilakdoshman!



Sanjar Tursunov: - Bugun ajoyib kun, boisi akamiz Oybek Kasimov 34 yoshga kirdilar. Bizga ham shu yoshlarga kirib to'p tepib yurish nasib etsin, tabriklayman!



Alesandr Geynrix: - Oybekjon! Men sizni ot dushi tabriklayman. Bu haqda telefonda aytgan bo'lsam ham, sayt orqali qolganlarning ham tabrigini olmoqchiman. Futbolni tugatib olay birga ishlaymiz ))




Men o'zimni gaplarimni maqolamda yozdim ))



Kamoliddin Murzoev:
Bu akam haqida gapirmayman, chunki bitta gap kam aytib qo'yishdan qo'rqaman )) SHuning uchun qisqa qilib, TABRIKLAYMAN!






Timur Kapadze: - Oybekni nafaqat o'zimning nomimdan, balki butun farg'onalik futbol muxlislari va Kapadzelar oilasi nomidan tabriklayman. Doim oilangiz baxtiga sog' va omon bo'ling, jichchadan keyin uchrashamiz ))




Oybek Kasimovni saytimiz o'quvchilari va jurnalistlari nomidan tabriklashni insoniy burchim deb bildim. O'zbek futboli va sportining taraqqiy etish yo'lida xizmat qilayotganingiz uchun barcha-barchaning nomidan Sizga sihat-salomatlik, uzoq umr va oilaviy baxt tilaymiz. Doimo yaqinlaringiz baxtiga sog' bo'ling!


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика