O'g'rilar di Mariya uyiga hujum uyushtirdi
02 fev 2015 16:11
Yangiliklar


O'g'rilar di Mariya uyiga hujum uyushtirdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Anxel di Mariyaning uyiga o'g'rilar hujum qildi.
Jinoyatchilar argentinalik futbolchining uyidagi eshikning oynasini sindirib kirmoqchi bo'ladi, ammo o'sha vaqtda ogohlantiruvchi qo'ng'iroq ishlab ketadi va o'g'rilar voqea joyidan qochib qolishadi. Bu xodisa MYUning "Lester" bilan o'yini (3:1) yakunlanganidan bir necha soat o'tib yuz bergan. O'sha vaqtda futbolchi oilasi bilan o'yda bo'lgan va keyinroq ularni xavfsiz joyga ko'chirib o'tishgan.

Fikrlar