So’nggi yangiliklar

01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  0 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  0 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  7 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  12 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14

O'g'irlikda qo'lga tushgan Runi va yana 5 futbolchi Yangiliklar

O'g'irlikda qo'lga tushgan Runi va yana 5 futbolchi

Teglar :  Ueyn Runi
Moskvaning "Lokomotiv" sobiq futbolchisi Garri O’Konnor yana noqulay vaziyatga tushib qoldi - u kiyim do'konida o'g'irlik bilan qo'lga tushdi.

Futbolchilar shunga o'xshash noqulay vaziyatlarga tushib qolgan voqealarni yodga olamiz.

De Xea va kulcha, 2011 yil

Hozir de Xea haqli ravishda jahonning eng yaxshi posbonlaridan biri hisoblanadi. Ammo u MYUdagi ilk mavsumida ko'plab tanqidlarga duch kelgan. O'sha paytlarda top-klub bilan katta maoshga ega shartnomaga imzo chekkan ispan Manchesterdagi do'konga kirib kulcha tanovul qiladi va uni to'lamasdan do'konni tark etishga urinib ko'radi. Davidning so'zlariga ko'ra, u ingliz tilini yaxshi tushunmagani uchun sotuvchi bilan tushunmovchilik kelib chiqqan. U qochib qolishga urinadi, biroq chiqish yo'lida ispaniyalikni tutib olishadi. Kelishmovchilikni joyida hal qilishadi. De Xeaga 2 oy do'konlarga kirish taqiqlanadi. O'sha kulcha taxminan 1,5 funt turar edi.



"Frayburg" futbolchisi va shampun, 2011 yil

"Frayburg" yarim himoyachisi Yasin Abdessadki Kyolndagi mehmonxonalarning birida to'xtaydi. O'sha kunlarda xonalardagi 4 ta shampun yo'qolib qoladi, qavatdagi kulerni esa buzib ketishadi. Bu ko'plab mehmonxonalarda odatiy hol hisoblanadi. Ammo voqea Germaniyada yuz berdi. Tekshiruv ishlarida futbolchi aybdorligi aniqlandi. Mehmonxona mamuriyati klubga jarima soldi, "Frayburg" esa futbolchi bilan shartnomani bekor qildi.



Malilik va prezident chemodani, 2012 yil

2012 yilda Portugaliyaning "Leyriya" klubi jiddiy moliyaviy muammolarga duch keldi - maosh 4 oy ushlanib qolgani tufayli 16 futbolchi "Feyrense"ga qarshi bahsda maydonga tushishni istamadi. Murabbiy yoshlar jamoasidan bir necha futbolchini tarkibga kiritdi. Bahs "Leyriya"ning mag'lubiyati bilan yakunlandi (0:4). Eng qiziq voqea bahs oldidan yuz berdi. Klub prezidenti Joau Bartolomeu uchrashuvga futbolchilarning maoshini qisman to'lash uchun 6 ming evro bor chemodan bilan kelgan edi. Uning so'zlariga ko'ra, jamoa yarim himoyachisi Keyta uni kuzatgan va qo'lidagi chemodanni olib qochib, avvaldan kutib turgan mashinaga o'tiradi. Bir necha kundan so'ng klub saytida bayonot beriladi: Keyta hech qanday pul o'g'irlamagan. Bartolomeu klubni tark etdi, ammo futbolchi xatto "Benfika"ga qarshi bahsda maydonga tushdi. Ammo maosh ushlanib qolayotgani to'g'risidagi gaplarini bas qilmagan Keyta mavsum oxirida klubdan ketdi.



Kolker va pishloq, 2013 yil

"Lokomotiv" sobiq futbolchisi "temiryo'lchilar" safiga o'tishdan oldin o'ziga muammo tug'dirib olgan. U London janubidagi temiryo'l bekatida mast holda o'tib ketayotgan yo'lovchilarga hujum qilishga uringan, ularning biri boshiga vaqtinchalik yo'lni yopib qo'yuvchi belgi bilan boshiga tushirmoqchi bo'ladi. Natijada sud 25 yoshli futbolchiga 755 funt to'lash majburiyatini yuklaydi. Bunday katta jarima bo'lishini sababi, u avval ham qonunlarni buzgan. 2013 yilda Kolker supermarketdan pulini to'lamasdan 300 gramm pishloqni olib chiqib ketmoqchi bo'lgan. Etib kelgan policiya unga kishan taqqan va faqat kech kirganida ular APL futbolchisini qo'lga olishganini bilib qolishadi. Stiven jarimaga tortiladi. O'sha pishloq 1,85 funt turar edi, Kolker esa KPRda haftasiga 40 ming evro olardi.



Ueyn Runi va suvenirlar, 2016 yil

Ueyn Runi ham bunday voqealarga aralashib qolgan. O'tgan yilning martida boks jangiga taklif qilingan futbolchi, jang tugashi bilan VIP-mehmonlar sovg'alari saqlanadigan xonaga kiradi. Ueyn sovg'alarga qiziqib, ularni ochib ko'radi, biroz o'tib u axlat idishga bir nechta suvenirni solib qo'yadi. Ushbu voqea fosh bo'lgach, ish tezda bosti-bosti bo'ladi.



O’Konnor va kiyim, 2017 yil

"Lokomotiv" sobiq futbolchisi Garri O’Konnor hech qachon o'zini tutishi bilan qolganlarga namuna bo'lmagan. 2007 yil unda doping aniqlashgan. Bir necha kun oldin Garri bilan noqulay vaziyat ro'y berdi. Edinburg sudi kiyimlar do'konida o'marilgan pidjak uchun O’Konnorga 200 funt jarima soldi. Garri o'z aybini tan oldi va teshiruv ishlarida faol qatnashgani uchun jarima kamroq bo'ldi. Ammo u pidjakni qaytarmadi, chunki O’Konnor pidjak uchun yana 700 funt to'lashni istamadi. Ayni damda O’Konnor doimiy daromad manbaiga ega emas, shu sababli sud unga jarimani bo'lib - oyiga 100 funtdan to'lashga ruhsat berdi.


Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика