So’nggi yangiliklar

16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  0 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7

OFKdan kelgan mehmonlar Qo'qonga tashrif buyurishdi Yangiliklar

OFKdan kelgan mehmonlar Qo'qonga tashrif buyurishdi

Bugun Osiyo Futbol Konfederaciyasining strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma masalalari bo'yicha yo'riqchisi Elnur Mamedov hamda O'FF marketing boshqarmasi boshlig'i Baxtiyor Mametovlar Qo'qon shahriga tashrif buyurishdi.

Mehmonlar tashrif davomida dastlab "Qo'qon-1912"  jamoasi tassarufidagi avtovokzal, barda sotish cexi hamda poyabzal fabrikalarida bo'lib, u erlarda tashkil qilingan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

SHuningdek mehmonlar 51-sonli maktabgacha tarbiya muassasasida tashkil qilingan "Jajji shunqorlar" futbol guruhi faoliyati bilan ham tanishdilar. U erda bolajonlarga yaratilgan sharoitlar mexmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

OFK hamda O'FF xodimlari jamoamizga qarashli "Markaziy"  stadionda bo'lib, u erda futbolchilar va muxlislarga yaratilgan sharoitlar bilan atroflicha tanishdilar. OFK mutaxasisi stadion maydonini yaxshilash hamda muxlislarga yanada qulayliklar yaratish borasida o'zining tajribalari bilan o'rtoqlashdi.
Tashrif so'ngida klubimiz raxbarlari, matbuot va marketing bo'limi va stadion xodimlari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi. Elnur Mamedov hamda Baxtiyor Mametovlar jamoa infratuzilmasi va klubda qilinayotgan  ishlar o'zlarida juda yaxshi taassurot qoldirganini bayon etishdi. OFK yo'riqchisi E Mamedov klubni strategik rivojlantirish va marketing borasida o'zining qimmatli maslahatlari bilan o'rtoqlashdi. Mehmon "Qo'qon-1912"  jamoasining kelajakdagi potencialini yuqori baholadi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика