So’nggi yangiliklar

13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  4 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  27 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1

OFK yosh va istiqbolli hakamlarni sinovdan o'tkazadi Yangiliklar

OFK yosh va istiqbolli hakamlarni sinovdan o'tkazadi

SHu yilning 3–5 oktyabr kunlari Osiyo Futbol Konfederaciyasi (OFK) tashkilotga azo federaciyalarning yosh va istiqbolli futbol va futzal hakamlari uchun Kuala-Lumpur shahrida maxsus sinov kurslarini tashkil qiladi.

Unda 3 nafar o'zbekistonlik referi – Ahrol Risqullaev (futbol – suratda markazda) hamda Jamoliddin Qosimov va Iskandar Zoitov (ikkisi ham futzal) ishtirok etadi. Jarohati tufayli Dmitriy Pislegin Kuala-Lumpurga bora olmadi. Sinov kurslariga chaqirilgan hakamlarga quyidagi talablar qo'yilgan:

  •   FIFA ro'yxatidan o'tgan;
  •   2018 yil 1 yanvar holatiga 35 yoshdan oshmagan;
  •   mamlakat chempionatida o'yinlar boshqarish bo'yicha tajribaga ega bo'lishi;
  •   va ingliz tilini bilishi kerak.

Ishtirokchilar sinov davomida fitnes-test, video-test va “Futbol (futzal) o'yini qoidalari” bo'yicha imtihon topshiradi. Futbol bo'yicha hakamlar sinovlardan muvaffaqiyatli o'tsa, o'z mamlakatida yana 2 marta sinovdan o'tadi va yakunda OFK hakami maqomiga ega bo'ldi. Ushbu sinovlardan o'tgan futzal hakamlari esa OFK hakami maqomiga ega bo'lib, xalqaro uchrashuvlarni boshqarish huquqiga ega bo'ladi.

Sinov kurslari davomida, shuningdek, O'zbekiston futzal hakamlari bo'yicha bosh mutaxassis, tajribali futzal hakami SHuhrat Po'latov tinglovchi instruktor sifatida qatnashadi.

Malumot uchun, OFK Hakamlikni rivojlantirish bo'limi boshlig'i, o'zbekistonlik Karine Muradyan OFKning yosh va istiqbolli futbol va futzal hakamlari uchun sinov kurslari koordinatori etib tayinlangan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика