So’nggi yangiliklar

16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  1 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7

OFK vakili Farg'onada ham mehmon bo'ldi Yangiliklar

OFK vakili Farg'onada ham mehmon bo'ldi

19 oktyabr kuni tushdan so'ng Osiyo Futbol Konfederaciyasining strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma masalalari bo'yicha yo'riqchisi Elnur Mamedov hamda O'FF marketing bo'limi boshlig'i Baxtiyor Mametov hamrohligida Farg'ona shahriga ham tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni "Istiqlol" stadionida "Neftchi" PFK, Farg'ona viloyati Futbol federaciyasi hamda "Istiqlol" Markaziy stadioni rahbariyati birgalikda qarshi olishdi.

Dastlab mehmonlar "Istiqlol" stadionining yashil maydoniga tushib kelishdi.  OFK vakili Elnur Mamedov stadionning chimini ko'zdan kechirdi. SHundan so'ng zamonaviy "Istiqlol" arenasining barcha shart-sharoitlari ko'rib chiqildi. Jamoalar echinish xonalari, dush, tibbiy markazlar, sport zallari, martabali mehmonlar uchun ajratilgan maxsus joylar shuningdek  media markazdagi sharoitlar bilan tanishib chiqildi. Umuman olganda, Elnur Mamedovga Farg'onaning bosh arenasi juda ham manzur bo'ldi. Bunday stadionlarda futbol uchrashuvlarini o'tkazish barcha uchun qulay ekanligi takidlandi.

Tashrif so'nggiga kelib,  "Neftchi" klubi raxbarlari, matbuot va marketing bo'limi hamda stadion xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkillandi. Unda Elnur Mamedov klubning marketing ishlarini yanada rivojlantirish borasida kerakli maslahat va tavsiyalarini berdi. SHu kunning o'zida mehmonlaring Farg'ona shahriga tashrifi yakunlandi.

"Neftchi" matbuot xizmati


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика